Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-mart kuni Moskvada Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning siyosiy muxolifi Aleksey Navalniyni dafn marosimida yig‘ilgan minglab rossiyaliklar Aleksey Navalniy nomini hayqirib, yangi shiorlarni ko‘tarib chiqishgan. Namoyishchilar mamlakat rasmiylarini uning o‘limi uchun kechirmasliklarini aytishgan. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

Moskvaliklar Navalniyni so‘nggi manzilga kuzatish uchun Moskvadagi Borisovskiy qabristoniga to‘planishgan. Navalniy jasadi esa avval cherkovga, u yerda dafn etish marosimining bir qismini bajarilgandan so‘ng esa qabristonga olib ketilgan.

Xabarda aytilishicha, Navalniy uchun yig‘ilganlar marhum uchun guldastalar va “Rossiya ozod bo‘ladi”, “Yo‘qolsin urush”, “Putinsiz Rossiya”, “Biz kechirmaymiz”, “Putin qotil” kabi shiorlarni ko‘tarib olishgan. Ichki ishlar xodimlari ularni to‘xtatishga urinishgan.

“Bu yerda 10 mingdan ortiq odam yig‘ildi. Ularning hech biri ovozini ko‘tarishdan qo‘rqmaydi. Biz bu yerga hech nimadan qo‘rqmagan inson xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun keldik. Usiz Rossiya kelajagi juda achinarli. Biz taslim bo‘lmaymiz. Hamisha yaxshilikka umid qilamiz,“ — deya hodisaga munosabat bildirgan namoyishchilardan biri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »