Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik muxolifatchi marhum Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya Yevroparlamentda so‘zga chiqdi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimini keskin qoralab, Rossiyaning kelajagi uchun kurashishda davom etishini aytdi.

Foto: Reuters

Ikki yil oldin Putin Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshladi, shafqatsiz urush, qabih urush. Butun dunyo Ukrainaga yordam berishga shoshildi. Ikki yil o‘tib esa juda ko‘pchilik holdan toydi, ko‘p qon to‘kildi. Putin boshqa harakat qilmadi, lekin urush sanksiyalarga qaramay, uni to‘xtatish uchun yo‘naltirilgan pullarga qaramay, davom etmoqda. Putin bilan kelishuvga chaqiruvchi ovozlar eshitila boshladi.

Putin mening erim Aleksey Navalniyni o‘ldirdi. Uning buyrug‘i bilan Aleksey uch yil davomida qiynoqqa solindi, u kamerada bo‘lgan, har qanday aloqalar, qo‘ng‘iroqlar va hatto xatlardan butunlay uzib qo‘yilgan. Keyin esa uni o‘ldirishdi va shundan keyin ham uning jasadi va onasini haqorat qilishda davom etishdi”, — deydi u.

Navalnaya Rossiya prezidenti hamma narsaga qodir ekani, u bilan muzokara olib borishdan foyda yo‘qligini qayd etdi.

“Agar siz haqiqatan ham Putinni mag‘lub etishni istasangiz, novator bo‘lishingiz kerak. Bundan qo‘rqishni bas qilish kerak, unga navbatdagi sanksiyalar paketi yoki rezolyutsiyalar bilan zarar yetkazish mumkin emas. Bu allaqachon qilingan narsadan farq qilmaydi. U axloqli yoki prinsipli odam emas, uni bunday qabul qilib bo‘lmaydi. Aleksey buni ancha oldin tushungan. Bu yerda gap siyosat haqida emas, qonxo‘r maxluq haqida ketyapti, Putin jinoiy guruh rahbari.
Putin mening mamlakatimga qilgan ishlari uchun javob berishi kerak. Putin tinch qo‘shni davlatga qilgan ishlari uchun javob berishi kerak. Putin Alekseyga qilgan ishlari uchun javob berishi kerak. Erim kelajakdagi betakror Rossiyani hech qachon ko‘rmaydi, lekin biz buni ko‘rishimiz kerak. Men uning orzularini ro‘yobga chiqarish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Yomonlik mag‘lub bo‘ladi va ajoyib kelajak keladi”, — dedi Yuliya Navalnaya.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »