Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya yaqinda qamoqda vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyni Federal xavfsizlik xizmati (“FSB”) maxfiy departamenti xodimi Vadim Krasikovga almashishni rejalashtirgan. Bu haqda manbalarga tayanib, Bild xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralar Rossiya, AQSH va Germaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozir Germaniya qamoqxonasida saqlanayotgan agent Vadim Krasikovni mamlakatga qaytarmoqchi bo‘lgani ta’kidlanadi.

Putin bu haqda amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ham ishora qilgani aytilmoqda. Vadim Krasikov 2019-yil 23-avgust kuni Berlinda sobiq chechen qo‘mondoni Zelimxon Xangoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

The Wall Street Journal 2023-yil sentyabr oyida Rossiya hukumati jurnalist Evan Gershkovich va Rossiyadagi boshqa amerikalik mahbuslarni Vadim Krasikovga almashtirish imkoniyatlarini qidirayotgani haqida xabar berdi. O‘shanda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni ham almashish imkoniyati borligi aytilgan edi.

Aleksey Navalniy o‘limi

Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab bo‘lgani aytilgan.

“Ommaviy axborot vositalarida yozilayotgan va Jazoni ijro etish Federal xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda Aleksey Navalniy tromb yorilishidan vafot etgani aytilmoqda. Ammo buni hozircha tasdiqlab bo‘lmaydi, chunki bu kasallikni aniqlash uchun avval murdani yorib ko‘rish kerak”, — degan Navalniyni davolagan shifokor Polupanov.

O‘z navbatida, Tergov qo‘mitasi tergovchilar marhumning jasadini tekshirmoqchi.

“Aleksey Navalniyning jasadi zudlik bilan oilasiga berilishini talab qilamiz”, — deydi siyosatchining matbuot kotibi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »