Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning koloniyadagi o‘limi bo‘yicha tergov bir oy ichida yakunlanishi kerak. Bu haqda Bellingcat internet portali rahbari, bolgariyalik tadqiqotchi jurnalist Xristo Grozev 1-mart kuni “Dojd” telekanalida xabar berdi.

Photo: AP nuotr

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu safar Bellingcat bilan boshqa ko‘plab tadqiqotchi jurnalistlar ishlamoqda. 

Biz haqiqatni aniq bilib olamiz va bu avvalgidek uzoq davom etmaydi, — deya ishontirgan Grozev.

U Rossiya maxsus xizmatlari tergov uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlarni yo‘q qilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tergov guruhi hozir tekshirayotgan aniq versiyalarni aytmagan, biroq Navalniy yana zaharlangani sabab vafot etganini istisno qilmagan.

Grozev, shuningdek, siyosatchi vafot etgan paytda Rossiya Navalniyni sobiq chechen komandirini o‘ldirganlikda ayblanib, Germaniyada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik razvedka xodimi Vadim Krasikovga almashtirish bo‘yicha AQSH va Germaniya o‘rtasida norasmiy muzokaralar olib borganini tasdiqlagan. Grozevga ko‘ra, Rossiya prezidenti bu taklifdan xabardor bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »