Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiyaning uzoq masofali aviatsiya qo‘mondoni Sergey Kobilash va Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni Viktor Sokolovni hibsga olishga order berdi. Bu haqda XJS rasmiy saytida xabar berildi.

Kolaj: “RIA Novosti”

Rossiyaning ikki fuqarosiga nisbatan orderlar Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha kamida 2022-yil 10-oktyabrdan 2023-yil 9-martgacha sodir etilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlar sababli chiqarilgan. Ular Rim Statutining tegishli moddalari bo‘yicha fuqarolik obyektlariga hujumlar uyushtirish, tinch aholiga yoki fuqarolik obyektlariga zarar yetkazish, insoniyatga qarshi harbiy jinoyatlari uchun javobgardir.

Rus qo‘mondonlarini hibsga olish uchun orderlar XJSning II Sudgacha bo‘lgan palatasi tomonidan chiqarilgan. Ikki gumonlanuvchi kamida 2022-yil 10-oktyabrdan 2023-yil 9-martgacha o‘z nazorati ostidagi kuchlar tomonidan Ukraina elektr energetika infratuzilmasiga uyushtirilgan raketa hujumlari uchun javobgar bo‘lganiga kuchli asoslar bor.

Bu vaqt oralig‘ida Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainaning ko‘plab joylarida elektr stansiyalari va podstansiyalarga qarshi hujum kampaniyasi bo‘lgan. Mo‘ljallangan hujumlar fuqarolik obyektlariga qarshi qaratilgan.

Bundan tashqari, tinch aholiga kutilgan zarar harbiy ustunlikka nisbatan haddan tashqari katta edi. Gumonlanuvchilar, shuningdek, insoniyatga qarshi jinoyat, ya’ni qasddan katta azob-uqubat, tanaga yoki ruhiy yoxud jismoniy sog‘likka jiddiy shikast yetkazadigan boshqa g‘ayriinsoniy harakatlar uchun javobgardirlar, — deyiladi XJS saytida.

Sergey Kobilash

58 yoshli general-leytenant, Odessada tug‘ilgan, Rossiya Aerokosmik kuchlarining uzoq masofali aviatsiyasi qo‘mondoni. Birinchi va Ikkinchi Chechen urushi, Rossiya-Gruziya urushi, Suriyadagi urush va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida ishtirok etgan.

Foto: Radio Exo

Uning rahbarligi ostida Mariupolni bombardimon qilish amalga oshirildi, bu esa tinch aholi infratuzilmasining sezilarli darajada vayron bo‘lishiga va qurbonlarga olib keldi.

Viktor Sokolov

61 yoshli admiral, 2022-yil 10-avgustdan beri Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni. U Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida bevosita ishtirok etgan.

Foto: zhzh.info

Biroq, 2023-yil 25-sentyabrda OAV Ukraina qurolli kuchlariga tayanib, Sokolov 22-sentyabr kuni Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga Storm Shadow yordamida raketa hujumi natijasida halok bo‘lganini xabar qildi. Biroq, Amerika razvedka xizmatlari 29-sentyabr holatiga ko‘ra, ehtimoliy o‘lim haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlab yoki rad etib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »