Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Xalqaro jinoiy sud (XJS) raisi Pyotr Xofmanskiy, birinchi vitse-prezident Lus Del Karmen Ibanes Karransa va sudya Bertram Shmittni qidiruvga berdi. Bu haqda “Mediazona” xabar bermoqda.

Kollaj: Pyotr Xofmanskiy, Lus Del Karmen Ibanes Karransa, Bertram Shmitt / “Daryo.uz”

Ichki ishlar vazirligi saytida yozilishicha, uchala shaxs ham “Jinoyat kodeksining moddasiga asosan qidiruvga berilgan”. Qidirilayotgan shaxslar haqida batafsil hech qanday ma’lumot keltirilmagan.

May oyida Rossiya hukumati XJS prokurori Karim Ahmad Xon va sudya Rosario Salvatore Aytaleni qidiruvga bergandi. Tergov qo’mitasi ularning xatti-harakatlarini bila turib begunoh shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish (Rossiya Jinoyat kodeksining 299-moddasi) va xorijiy davlat vakiliga hujum qilishga tayyorgarlik (Rossiya Jinoyat kodeksining 360-moddasi) bo‘yicha kvalifikatsiya qilgan.

  • 17-mart kuni XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order Rossiya bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »