Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avgustda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan BRIKS sammiti Janubiy Afrika Respublikasidan Xitoyga ko‘chirilishi mumkin, chunki Pekin Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiksiyasini tan olmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi. Unga ko‘ra, Janubiy Afrika rasmiylari shu yo‘l bilan XJSning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish to‘g‘risidagi qarorini chetlab o‘tmoqchi.

Foto: Kreml

Janubiy Afrika rasmiylari prezident Siril Ramafosani sammitni Xitoyga ko‘chirishga ko‘ndirmoqchiligi haqida avvalroq The Daily Telegraph yozgan edi. Gazeta manbalari bu XJS qarori bilan bog‘liqligini aytgan.

17-mart kuni XJS Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Aprel oyida Janubiy Afrika hukumati Putinni BRIKS sammitiga taklif qildi. Ayni paytda JAR XJSning yurisdiktsiyasiga bo‘ysunadi va sud ishida gumondor deb hisoblanganlarni hibsga olishga majbur.

Janubiy Afrika hukumati Rossiya bilan maslahatlashishga va’da berdi. 12-may kuni Vladimir Putin Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa bilan telefon orqali gaplashdi. Ular BRIKS sammitiga tayyorgarlikni muhokama qilgan. Sunday Times gazetasining yozishicha, JAR hukumati Putindan BRIKS sammitiga kelmaslikni, balki videoaloqa orqali qatnashishni so‘ragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »