Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berish haqidagi qarori asosli, dedi AQSH prezidenti Jo Bayden.

Foto: Reuters

Bayden Putinni harbiy jinoyatlarga aloqador, deb hisoblamoqda. “Ammo masala shundaki, bu (XJS) biz tomondan xalqaro miqyosda tan olinmaydi. Lekin fikrimcha, u (XJS) juda qattiq pozitsiya bilan chiqdi”, — dedi Oq uy rahbari.

Associated Press manbalarining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar sud qarori Ukrainadagi urushga nisbatan betaraf bo‘lgan mamlakatlar pozitsiyalariga taʼsir ko‘rsatishiga umid qilmoqda. Ular orasida Xitoy ham bor — Pekinning urushni tugatish bo‘yicha “tinchlik rejasi”ga aksariyat mamlakatlar tomonida tanqidiy qaralmoqda.

Xalqaro Gaaga sudi 17-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. Rossiya prezidenti Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda gumonlanmoqda. Shuningdek, sud Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani ham hibsga olish uchun order bergan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov order berish haqidagi “muammoning ko‘tarilishi”ni “nomaqbul” deb atadi va Rossiya sudning yurisdiktsiyasini tan olmasligini, bu esa sudning qarorlari haqiqiy emasligini bildirishini ta’kidladi. Lvova-Belovaning aytishicha, xalqaro hamjamiyat uning bolalarni urush zonasidan olib chiqishdagi faoliyatini shu tariqa “yuqori” baholagan. U “o‘z ishida davom etishini” qo‘shimcha qildi.

XJS Birlashgan Millatlar Tashkiloti organi emas, uning ta’sis hujjati — 1998-yilgi “Rim statuti”dir. Hujjatni ishlab chiqishda Rossiya ham ishtirok etgan, mamlakat uni 2000-yilda imzolagan. Statut 2003-yilda kuchga kirdi. Biroq 2016-yilda Moskva kelishuvdan chiqishga qaror qildi. Bungacha sud Qrimning Rossiya tarkibiga kirishini Moskva va Kiyev o‘rtasidagi “xalqaro qurolli mojaroga teng” deb atagandi.

Ukraina ham “Rim statuti”ni imzolagan, lekin uni ratifikatsiya qilmagan. Biroq mamlakat 2015-yilda “Rossiyaning harbiy agressiyasi boshlanganidan beri Ukraina hududida sodir etilgan barcha jinoyatlarga nisbatan” sudning yurisdiktsiyasini tan oldi. Hujjatni jami 123 davlat, jumladan, Xitoy, Turkiya, Hindiston va AQSH ratifikatsiya qilgan. Qo‘shma Shtatlar sudni tuzish bo‘yicha munozaralarda ishtirok etgan, ammo 1998-yilda “Rim statuti”ni qo‘llab-quvvatlamagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »