Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Niderlandiyadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) genotsid, urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va bosqinchilik jinoyatlari uchun javobgar shaxslarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganlar orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bor.

Foto: AP Photo

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlaridan Rossiya hududiga aholini (bolalarni) noqonuniy ko‘chirish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgar ekani aytilmoqda. Xalqaro jinoyat sudining hibsga olish haqidagi orderi Putinning harakatlanish erkinligini rasman cheklaydi. XJSga a’zo bo‘lgan va uning yurisdiksiyasini qabul qilgan 123 ta davlat Vladimir Putin ularning hududiga kirishi bilanoq uni hibsga olishi talab qilinadi. Bunday davlatlar quyidagi xaritaning yashil rangida ko‘rsatilgan:

Xalqaro jinoiy sudda sirtdan sud jarayoni amalga oshirish mumkin emas: sudlanuvchiga faqat ekstraditsiya qilingan taqdirdagina hukm chiqarilishi mumkin. Ya’ni, Putinning ishi sudda ko‘rib chiqilishi uchun u shaxsan Gaagada bo‘lishi kerak, buning ehtimoli juda past ekani aytilmoqda. Kopengagen universiteti xalqaro huquq professori Kevin Jon Xeller Putinni hibsga olish ehtimolini quyidagicha baholaydi:

“Rossiya prezidentini hibsga olish orderi yuqori darajadagi muhim voqea. Har kuni amaldagi davlat rahbari xalqaro sud tomonidan ayblanavermaydi. Lekin Putinning yaqin kelajakda hibsga olinishi istiqbollari nihoyatda kam”, — dedi u

Ukraina hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya 16 mingdan ortiq bolani mamlakatdan olib chiqib ketgan. Hibsga olish to‘g‘risidagi order Xalqaro Gaaga sudi uchun muhim qadamdir. Mutaxassislar Vladimir Putinni sudlash uchun XJS haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lishiga shubha qilmoqda. 

Shunga o‘xshash eng mashxur ishlardan biri ommaviy qotillikda ayblangan Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashirga qarshi ishdir. Al-Bashirni hibsga olish uchun order Xalqaro Gaaga sudi tomonidan o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin chiqarilgan. 2020-yilda, prezident hokimiyatdan ag‘darilganidan bir yil o‘tib, Sudan hukumati uni ekstraditsiya qilishga rozi bo‘lgan. Ammo hozirgacha bu amalga oshmagan. Hozircha Umar al-Bashir o‘z vatanida 1989-yilgi davlat to‘ntarishi uchun sudlanmoqda. Sobiq prezident hozir 78 yoshda. 

Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada amaldagi tuzum kuchli ekan, yuqori martabali amaldorlarga hukm chiqarishning iloji yo‘q. Rossiya prezidenti Gaagadagi Xalqaro sud hibsga olish order bergan to‘rtinchi davlat rahbaridir. Putingacha uch davlat rahbarini hibsga olish uchun order berilgan (ulardan biri yuqorida keltirib o‘tildi):

  • Liviya prezidenti Muammar Kaddafi. Uni hibsga olish uchun order 2011-yilda chiqarilgan. U ommaviy norozilik namoyishlarini bostirish operatsiyasi davomida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblangan. Kaddafi sud jarayonini ko‘rishgacha yashamagan, uni isyonchilar o‘ldirgan.
  • Kot-d'Ivuar prezidenti Loran Gbagbo. 2011-yilda u saylovlarda yutqazgan, bunkerga yashiringan, ammo hujumdan keyin hibsga olinib, Gaagaga olib ketilgan. Gbagbo hokimiyatni saqlab qolish maqsadida sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblangan. 2019-yilda u oqlangan.

Xalqaro jinoyat sudi tomonidan hukm qilinganlar orasida eng mashhurlari quyidagilar

  • Kongo demokratik respublikasidan Tomas Lubanga Dilo, faol qurolli militsiya asoschisi. 2012-yilda u askar bolalarni yollash va ulardan foydalanishda ayblanib,14 yilga qamalgan.
  • Kongo demokratik respublikasidan qurol sotuvchisi Jermen Katanga 2014-yilda urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarga yordam bergani uchun 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
  • Jan-Pyer Bemba (Kongo sobiq vitse-prezidenti) 2016-yilda urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
  • Malilik jihodchi Ahmad Al Faqiy al Mahdi 2016-yilda Xalqaro Sud tomonidan jahon merosi obyektlarini vayron qilgani uchun to‘qqiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »