Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublikachilar partiyasi vakili Maykl Makkol boshchiligidagi AQSH Kongressining yuqori martabali delegatsiyasi Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi bosh prokurori Karim Xon bilan uchrashib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi harbiy jinoyatlari ayblovlarini muhokama qiladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: EPA

Makkolning ta’kidlashicha, Vashington “Putinga qarshi ayblovlarni isbotlash uchun Gaagaga ko‘proq dalil va razvedka ma’lumotlarini to‘plashda yordam berish” masalasini ko‘rib chiqadi. AQSH xalqaro Gaaga sudi a’zosi emas, Xitoy va Rossiya ham.

Shu bilan birga, Oq uy rahbari Jo Bayden avvalroq o‘z ma’muriyatidan Rossiyaning Ukrainadagi urush jinoyatlari haqidagi dalillarni Xalqaro sud bilan bo‘lishishni so‘ragan. Rossiyani genotsidda ayblash uchun yetarli dalillar bormi, degan savolga delegatsiya aʼzolari vaziyatni Ikkinchi jahon urushi davridagi fashistlarning Yevropani bosib olgani bilan qiyoslagan.

“Madaniyat, xalq va dinni yo‘q qilishga harakat qilsangiz, bu genotsidning ta’rifidir”, — dedi Makkol.

Mart oyida Xalqaro Gaaga sudi Putinni hibsga olish uchun order berdi va uni Ukrainadan yuzlab bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish bilan bog‘liq harbiy jinoyatda aybladi. Rossiya harbiy jinoyatlarda ishtirok etgani yoki ukrainalik bolalarni zo‘rlik bilan asirga olganini bir necha bor rad etib keladi.

Putinni hibsga olish orderi

Niderlandiyadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) genotsid, urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va bosqinchilik jinoyatlari uchun javobgar shaxslarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanadi. XJS 17-mart Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi.

Xalqaro jinoyat sudining hibsga olish haqidagi orderi Putinning harakatlanish erkinligini rasman cheklaydi. XJSga a’zo bo‘lgan va uning yurisdiksiyasini qabul qilgan 123 ta davlat Vladimir Putin ularning hududiga kirishi bilanoq uni hibsga olishi talab qilinadi. Bunday davlatlar quyidagi xaritaning yashil rangida ko‘rsatilgan:

Xalqaro jinoiy sudda sirtdan sud jarayoni amalga oshirish mumkin emas: sudlanuvchiga faqat ekstraditsiya qilingan taqdirdagina hukm chiqarilishi mumkin. Ya’ni Putinning ishi sudda ko‘rib chiqilishi uchun u shaxsan Gaagada bo‘lishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »