Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘z ma’muriyatiga Rossiyaning Ukrainadagi urush jinoyatlari to‘g‘risidagi dalillarni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) bilan bo‘lishishni buyurdi. Bu haqda The New York Times manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, Pentagon bir necha oy davomida dalillarning XJSga o‘tkazilishiga qarshilik qilganiga qaramay, Bayden o‘tgan kuni shunday qarorga kelgan. NYT ta’kidlaganidek, harbiylar bunday hamkorlik keyingi sud jarayonlariga asos bo‘lishi, kelajakda XJS amerikaliklarni jinoiy javobgarlikka tortishi mumkinligidan qo‘rqmoqda.

Bayden dalillarni Gaagaga topshirish borasida nega bunchalik uzoq o‘ylangani va oxir-oqibat hujjatlarni topshirishga uni nima undagani noma’lum, deydi gazeta manbasi.

AQSH prezidenti ma’muriyati o‘z siyosatidagi o‘zgarishlar, shuningdek, Vashington Gaaga bilan aynan qanday hamkorlik olib borishi haqida hali rasman e’lon qilgani yo‘q. Biroq 25-iyul kuni Oq uy bu haqda Kongress a’zolarini xabardor qildi, dedi NYT manbalari.

Amerika razvedkasining Gaagani qiziqtirishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlari orasida Rossiya rasmiylari Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga zarba berish va minglab ukrainalik bolalarni okkupatsiya qilingan hududlardan olib ketish to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqidagi ma’lumotlar bor, deb eslatdi NYT muxbiri. AQSH bu ma’lumotlarning bir qismini allaqachon Ukraina prokuraturasi bilan baham ko‘rgan, biroq hozirgacha Gaaga bilan hamkorlik qilishdan o‘zini tiyib kelgan.

  • XJS yurisdiksiyasi Rim statutini ratifikatsiya qilgan mamlakatlar hududida sodir etilgan jinoyatlarga yoki ushbu mamlakatlar fuqarolari tomonidan dunyoning istalgan nuqtasida sodir etilgan jinoyatlarga taalluqlidir. Ayni paytda statut dunyoning 120 dan ortiq davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. AQSH va Rossiyada statut amal qilmaydi.
  • 17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »