Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gaagada Rossiyaning Ukrainaga jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ICPA) o‘z ishini boshladi, u Ukraina, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Xalqaro jinoiy sud prokurorlarini o‘z ichiga oladi, deb yozmoqda Eurojust matbuot xizmati.

ICPA ochilish marosimidagi tadbirdan kadr
Foto: Eurojust
“ICPA sharofati bilan turli mamlakatlarning mustaqil prokurorlari har kuni bitta joyda birgalikda ishlashi, dalillarni tez va samarali almashishi, tergov va ta’qib qilishning umumiy strategiyasini kelishib olishi mumkin bo‘ladi”.

Press-relizda qayd etilishicha, markazning tashkil etilishi maxsus tribunal yaratish yo‘lidagi birinchi qadam, chunki markaz tomonidan to‘plangan materiallar Ukrainaga bosqinchilik jinoyati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi.

Bundan tashqari, matbuot xizmati Ukrainadagi urush tarixda eng ko‘p hujjatlashtirilgan urush ekanini, bosqinchilik jinoyati bo‘yicha faol tergov birinchi marta hali tugamagan qurolli mojaro kontekstida olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.

“Shu bilan birga, biz kamdan kam hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladigan va standart amaliyotga ega bo‘lmagan xalqaro jinoyat bilan shug‘ullanamiz”, — deyiladi press-relizda.

17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumonlanmoqda. Xuddi shunday order bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.

“Urush bolalari” loyihasiga ko‘ra, Ukrainada voyaga yetmaganlarni majburan deportatsiya qilish bo‘yicha qariyb 19,5 mingta holat qayd etilgan. Atigi 380 nafar bola qaytarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »