Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevrokomissiya 2027-yilgacha YI hududida Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 208 milliard yevrolik aktivlarini qayta investitsiya qilishdan olingan 15 milliard yevrolik daromadni musodara qilmoqchi. Bu haqda Yevrokomissar Didye Reyndersga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Bryusseldagi matbuot anjumanida Reyndersning ta’kidlashicha, bu pulni musodara qilishdan oldin ko‘p bosqichlardan o‘tish lozim.  

Yevropada Rossiyaning 208 milliard yevrolik davlat aktivlari hamda Markaziy bank aktivlari bloklangan. Ularning aksariyati Belgiyada. Ushbu aktivlardan tushgan daromadlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Belgiya 2023-yilda daromadlarni soliqqa tortgan va undan tushgan mablag‘ni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishi mumkin, — dedi Reynders.

Unga ko‘ra, Yevrokomissiya hozirda Rossiya mablag‘larini musodara qilishning navbatdagi bosqichi bilan shug‘ullanmoqda.

Kelgusi haftalarda biz tushumlardan foydalanish uchun kelishuvga erishamiz, deb umid qilamiz. Biz  2027-yilga kelib taxminan 15 milliard yevro daromaddan foydalanish mumkinligini taxmin qildik, ammo bu albatta foiz stavkalari va dividendlarga bog‘liq bo‘ladi, — qo‘shimcha qilgan Reynders.

U Yevropa Komissiyasi ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish uchun qanday sxemadan foydalanmoqchi ekanligini ochiqlamagan.

Avvalroq Belgiya hukumati 2023-yilda Rossiyaning muzlatilgan aktivlari foydasidan olinadigan soliqlardan 1,7 milliard yevro olgani, bu esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanishini ma’lum qilgan edi.

Bryussel Rossiya aktivlaridan tushgan daromadni Ukrainaga 2027-yilgacha bo‘lgan 50 milliard yevrolik yordam dasturini moliyalashtirish uchun ishlatish niyatida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »