Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Muzlatilgan Rossiya aktivlarining Ukraina foydasiga musodara qilinishi Yevropani zaiflashtirishi mumkin. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz xalqaro huquqqa zid bo‘lgan harakatlarni qo‘llab-quvvatlamaymiz va bunday muhokamalarning boshlanishi, menimcha, bu aktivlar joylashgan Yevropani zaiflashtiradi”, — dedi Fransiya rahbari.

Foto: Google Images

Makron barcha masalalarda qonun ustuvorligi himoya qilinishi kerakligini ta’kidladi.

4-mart kuni Euractiv manbalariga tayanib, Yevrokomissiya ikki hafta ichida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish bo‘yicha rasmiy ssenariyni taqdim etishi haqida xabar berdi.

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 3 mart kuni Ukrainaning Rossiya tomonidan muzlatilgan aktivlari hisobiga tiklanishini “falsafiy jihatdan to‘g‘ri” deb bilishini aytdi. Biroq u mazkur jarayondagi qonun bilan bog‘liq qiyinchiliklarni tan oldi.

Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin Rossiya Markaziy bankining taxminan 260 milliard yevro (282 milliard dollar) miqdoridagi aktivlari muzlatib qo‘yildi. Taxminan 191 milliard yevro (207 milliard dollar) Euroclear depozitari tomonidan muzlatilgan. 2023 yil oxirida muzlatilgan aktivlardan 4,4 milliard yevro daromad olindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »