Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropaning 20 ga yaqin yetakchilari 26-fevral kuni Parijda uchrashadi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: AP Photo

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlariga ko‘ra, ular Kremlning “Rossiya Ukrainaga qarshi urushda muqarrar ravishda g‘alaba qozonadi” degan da’volariga qarshi chiqmoqchi. Yig‘ilish tashabbuskori Makron hisoblanadi va u  so‘nggi bir necha hafta ichida Rossiya agressiyasi kuchaygani sababli shoshilinch yig‘ilish o‘tkazmoqda.

“Biz Putinga Ukrainada g‘alaba qozonmasligi haqida juda aniq signal yubormoqchimiz. Maqsadimiz u qandaydir tarzda g‘alaba qozonishiga ishonishimizni xohlayotgan bu g‘oyani yo‘q qilishdir”, — deya Makronning so‘zlaridan iqtibos keltiradi uning maslahatchisi.

22-fevral kuni Polsha prezidenti Anjey Duda fransiyalik hamkasbi urushdan zarar ko‘rgan Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni muhokama qilish Yevropa yetakchilarini Parijga taklif qilishini yozdi. 

“Prezident Makron bir qator Yevropa yetakchilarini Ukraina bo‘yicha yangi takliflar va yechimlarni muhokama qilish uchun taklif qildi. Polshadan tashqari, ko‘plab mamlakatlar rahbarlari taklif etilgan”, — dedi Duda.

Ukrainaga Yevropa Ittifoqi yordami

Yevropa Ittifoqi urushdan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 83 million yevrolik gumanitar yordam beradi. Mablag‘ning katta qismi Ukrainaga yetkazib berilgan.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari 2024—2027-yillarga mo‘ljallangan “Ukraine Facility” dasturi doirasida Ukraina uchun 50 milliard yevro ajratishni maʼqullagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »