Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi davlatlari, jumladan, Germaniya va Fransiya Ukrainani yetarlicha qurol-yarog‘ bilan ta’minlamaganlikda bir-birini ko‘proq ayblab, ittifoq birligini buzish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqinda ittifoqchilarni ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirdi va buni amalga oshirmaslik Rossiya prezidenti Vladimir Putinga foyda keltirishini va G‘arb xavfsizligiga tahdid solishini aytdi.

“Mojaro Ukraina uchun noqulay vaqtda yuz bermoqda, chunki Kiyevga yordam berish shubha ostida qolmoqda, sababi AQSH va Yevropa Ittifoqining 100 milliard dollardan ortiq mablag‘i siyosiy ziddiyatlar tufayli ushlab turilibdi. Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bu masalani Berlinda muhokama qilishlari kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumki, Germaniya Yevrokomissiyadan Ukrainaga rejalashtirilgan moliyaviy va harbiy yordamni ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.

“Germaniya boshchiligidagi audit bo‘yicha muzokaralar 1-fevraldagi favqulodda sammit oldidan bo‘lib o‘tadi. Unda yetakchilar Vengriya dekabrda bloklagan Ukrainaga 50 milliard yevrolik yordam paketi bo‘yicha kelishib olishga harakat qiladi”, — deb eslaydi OAV.

Ukrainaga Yevropa yordami muhim ahamiyat kasb etadi, chunki AQSHning moliyalashtirishi Kongressda bloklab qo‘yilgan. Kiyev esa mart oyidayoq qurol tanqisligidan aziyat cheka boshlashi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »