Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba agar Ukrainaning qurol-yarog‘lari tugasa, ukrainaliklar “belkurak bilan jang qilishini” ma’lum qildi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Foto: “Focus.ua”

Dmitriy Kuleba AQSH Kongressining Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtirishi bo‘yicha yangi kelishuvni qabul qilishi uchun “vaqt tugayotganini” aytdi. U Ukrainaga ko‘proq pul ajratilishi Amerika qo‘shinlari aralashishga majbur bo‘ladigan NATO va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshilikdan qochishga yordam berishini bildirdi.

“Hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning narxi qancha bo‘lishidan qat’i nazar, agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, dunyodagi tartibsizliklarni tuzatish narxi ancha yuqori bo‘ladi. Agar G‘arb Ukrainada Rossiyaning harakatlarini to‘xtata olmasa, unda dunyoning boshqa mintaqalarida buni kim to‘xtata oladi? Qurolimiz tugasa ham, belkurak bilan jang qilamiz, chunki Ukraina xalqining mavjudligi xavf ostidagi masala”, — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri.

Kuleba Ukraina jang maydonida ancha kuchliroq mavqega ega bo‘lmaguncha, Putin rejimi bilan har qanday muzokaralar o‘tkazishni rad etdi.

U Rossiya armiyasi “saboq olganini” va hozir “bu urush uchun ancha yaxshi moslashganini” tan oldi, lekin bu yil Rossiya uchun “ko‘proq mag‘lubiyatlar” bo‘lishini bashorat qildi.

Rus qo‘shinlari so‘nggi haftalarda jang maydonida o‘ziga ishonchi ortib, Ukraina sharqida shiddatli janglar kechayotgan Avdeyevka shahri atrofidagi kichik hududlarni egallab oldi. Biroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiyaning bu “minimal” yutuqlari “juda katta xarajat” bilan kelganini aytdi va hozir Rossiya jang maydonida ustunlikka ega, degan fikrni rad etdi.

Nashrning qayd etishicha, so‘nggi oylarda Ukraina Rossiyadagi nishonlarga portlovchi moddalar o‘rnatilgan dronlarni uchirdi.

“Prezident Putin o‘z xalqiga bularning barchasi nima uchun sodir bo‘layotganini tushuntirishi kerak. Menimcha, vaqti-vaqti bilan (Rossiya aholisi — tahrir) ularning televizorlari tashqarisidagi voqelik boshqacha ekani va ularning targ‘ibotidan ham yomonroq bo‘lishi mumkinligini anglab yetish foydalidir”, — deya xulosa qildi Kuleba.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »