Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina tinchlikka erishish uchun o‘z hududlarining bir qismidan vaqtinchalik voz kechishi kerak. Spiegel nashrining yozishicha, bu haqda Germaniyaning Saksoniya federal hududi bosh vaziri Mixael Krechmer ma’lum qilgan.

“Sulhga erishish uchun Ukraina avvalo ma’lum hududlarga vaqtinchalik kirish imkoni yo‘qligini tan olishi kerak bo‘ladi”, — dedi u.

“Ukraina hududining bir kvadrat metri ham Rossiyaniki bo‘lib qolgani yo‘q... Ammo, boshqa yirik urushlarda bo‘lgani kabi, yakuniy qaror qabul qilish vaqti keldi”, — deya qo‘shimcha qildi Krechmer.

Foto: Google Images

U yana Germaniya hukumati “Ukrainani nafaqat qurol-yarog‘ bilan ta’minlashi, balki diplomatik tashabbuslarga ham kirishishi” va ittifoqchilar “Putinga ta’sir o‘tkazib, o‘t ochishni to‘xtatishga imkon yaratish”ga harakat qilishi kerakligini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, Krechmer Germaniyaning Rossiyaga nisbatan siyosatida burilish zarurligini ta’kidladi.

“Rossiya bizning qo‘shnimiz. Xavfli, harakatlarini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan qo‘shni. Rossiyani harbiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirib, bizga tahdid solmaydigan qilish g‘oyasi 19-asrdan boshlangan. Hozirda Rossiyaga nisbatan bunday munosabat keyingi mojarolar uchun poydevor yaratadi”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »