Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hukumatida G‘arb davlatlarining harbiy yordami kamaygan taqdirda qo‘llaydigan B reja yo‘q, dedi Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Dmitriy Kuleba. U Kiyevni qo‘llab-quvvatlash davom etishiga umid bildirdi.

Foto: Ukraina hukumati veb-sayti

CNN telekanaliga bergan intervyusida vazirdan AQSH va Yevropa Ittifoqidan harbiy yordam kelmay qolgan taqdirda, Ukrainaning zaxira rejasi bormi, degan savol berildi.

“Bizda B rejasi yo‘q. A rejaga ishonamiz”, — deb javob berdi Kuleba.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina “o‘zidagi resurslarni hisobga olgan holda kurashmoqda”. Uning ta’kidlashicha, Kiyevga ko‘rsatilgan yordam xayriya emas, balki “NATO mudofaasi, Amerika xalqining farovonligi uchun qilingan sarmoyadir”.

Dmitriy Kulebaning fikricha, agar Rossiya g‘alaba qozonsa, “dunyo yetakchilari undan o‘rnak olish vasvasasiga tushib qoladi”.

2023-yil oktyabr oyida Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak G‘arb tomonidan qurol-yarog‘ yetkazish cho‘zilib ketayotganidan shikoyat qilgandi. Uning aytishicha, mamlakat chet el sarmoyasi yordamida qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Dekabr oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishda kechikishlar bo‘lganini tan oldi. Pentagon, shuningdek, Vashington Kiyevga qurol yetkazib berish uchun mablag‘ kamligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »