Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Ukrainaga yangi 250 million dollarlik harbiy yordam paketini yubormoqda. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken paket haqida e’lon qilar ekan, bu 2023-yildagi oxirgi yordam bo‘lishini ta’kidladi.

Foto: “Fokus”

Pentagon tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, yangi yordam paketiga quyidagilar kiradi:

  • NASAMS zenit-raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar;
  • Stinger portativ havo mudofaa tizimlari uchun o‘q-dorilar;
  • havo mudofaasi tizimlarining tarkibiy qismlari;
  • HIMARS yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari uchun o‘q-dorilar;
  • 155 va 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlari;
  • TOW tankka qarshi tizimi uchun raketalar;
  • Javelin va AT-4 tankka qarshi tizimlari;
  • 15 milliondan ortiq o‘q-dorilar;
  • to‘siqlarni tozalash uchun o‘q-dorilar;
  • ehtiyot qismlar, tibbiy va boshqa yordamchi uskunalar.

Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ushbu paket jo‘natilgandan so‘ng Ukrainaga yordam uchun mablag‘ tugashini aytib, Kongressni qo‘shimcha yordam ajratishni tasdiqlash jarayonini tezlashtirishga chaqirgan edi.

“Biz Kongressni Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam berish orqali milliy xavfsizlik manfaatlarimizni ta’minlash uchun tezkor harakat qilishga chaqirishda davom etamiz”, — deb yozdi Blinken ham X(sobiq Twitter)da.

Oktyabr oyida AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressga xavfsizlik uchun 100 milliard dollardan ko‘proq, jumladan, Ukrainaga 61 milliard dollar yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan. Respublikachilar va Demokratik partiyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli qonun loyihasi haligacha tasdiqlanmagan. Jumladan, respublikachilar qonun loyihasiga AQSH—Meksika chegarasida qo‘llash uchun qattiqroq chegara va immigratsiya choralarini kiritishni istamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »