Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenkoning aytishicha, 2023-yilda mamlakat xalqaro yordam sifatida 42 milliard dollardan ortiq mablag‘ olgan. 

Marchenkoning so‘zlariga ko‘ra, 42 milliardning barchasi budjet ehtiyojlari va ichki bozordagi rekord miqdordagi qarzni qoplashga ketgan. Uning ta’kidlashicha, bu barcha zarur xarajatlarni, birinchi navbatda, harbiy xarajatlarni moliyalashtirish imkonini berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Marchenko daromad bo‘yicha rejalar bajarilishiga umid bildirdi, ammo bojxona daromadlari bo‘yicha rejani bajarish ehtimoli kamligini ham ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Xalqaro valyuta fondining (XVF) kengaytirilgan moliyalashtirish dasturi va Yevropa Ittifoqining makromoliyaviy yordami bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargan.

Shu bilan birga, vazir Ukraina tashqi hamkorlarga qaramlikni kamaytirish choralarini ko‘rishi kerakligini aytdi.

Avvalroq Marchenko Ukrainaning 2024-yil uchun xalqaro moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoji davlat budjetining daromadlarini maksimal darajada oshirish, ichki qarz olish bozorini faollashtirish va barcha budjet xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar tufayli 41 milliarddan 37,3 milliardga qisqartirilganini ma’lum qilgandi.

2022-yilda Ukraina tashqi moliyalashtirish uchun 32,1 milliard dollar jalb qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »