Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rejalashtirilganidek 13 va 14-fevral kunlari Ukrainaga tashrif buyurmaydi. Bu haqda Challenges xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Yelisey saroyi, tashrif xavfsizlik sabab qoldirilganini ma’lum qildi. Bu ham fransuz, ham ukrainalik diplomatlarda ko‘plab savollar tug‘dirgan, ular bundan “hayratlangan”. Fransiya prezidenti dastlab Odessaga tashrif buyurishi, so‘ng Kiyevga borishi rejalashtirilgan edi. U 200 million yevrolik fuqarolik loyihalari uchun xayriyalarga sarflanadigan fond yaratilishini e’lon qilishi kutilgandi. 

Qayd etilishicha, Ukrainaga tashrifni Medef International fransuz-ukraina biznes uyushmasi ham bekor qilgan. Makronning Kiyevga safari endi qachon amalga oshishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

10-fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Natijada tomonlar Parij Ukrainaga o‘nlab “Sezar” artilleriya tizimlari, shuningdek, ular uchun snaryadlar ishlab chiqarishi va berishi haqida kelishib olgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »