Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Ukrainadagi fransuz yollanma askarlari haqidagi bayonotni “Rossiya axborot urushining bir qismi” deb atadi. Shu bilan birga, u Fransiya fuqarolari Kiyev tomonida jang qilayotganini tan oldi.

Foto: AP Photo
“Ukraina harbiy kiyimida Ukrainada jangga kirgan fransuz fuqarolari bor. Biz ularni taqiqlay olmaymiz, chunki demokratik davlatmiz. Bu odamlarning Fransiya Qurolli kuchlari bilan hech qanday aloqasi yo‘q, ular fransuz harbiy formasini kiymagan va fransuz harbiy muassasalariga aloqador emas”, — dedi Lekornyu LCI telekanaliga.

Vazir Ukrainaning Rossiya hududiga bergan zarbalariga ham munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Parij har qanday tinch aholi qurbonlarini fojia deb biladi, jumladan, Rossiya tomonidagi qurbonlarni ham.

Lekornyuning aytishicha, Fransiya Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etmoqchi. Parij artilleriya, havo mudofaasi, “texnologiya va innovatsiyalar” bilan yordam beradi va Rossiya pozitsiyalariga “chuqur zarbalar”ni qo‘llab-quvvatlaydi. Qo‘mondonlik punktlari, ta’minot zanjirlari va o‘q-dori omborlarini yo‘q qilish uchun Fransiya Ukraina Qurolli kuchlarini oyiga 50 ta AASM bombasi bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, vazir Fransiya Rossiya bilan urush holatida emasligini aytdi.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi rus armiyasi Xarkovga zarba bergani, oqibatda xorijlik yollanma askarlar, asosan fransuzlar joylashgan bino vayron qilingani haqida xabar bergandi. Hujum oqibatida 60 kishi halok bo‘lgani, 20 ga yaqin odam yaralangani aytilmoqda. 19-yanvar kuni Fransiyaning Moskvadagi elchisi Pyer Levi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, yig‘ilishda unga “Ukrainadagi mojaroga Parijning jalb etilayotgani” faktlari taqdim etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »