Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda 13 yashar bola Damas’da oyog‘i zanjir bilan kishanlangan holda topilgandi. Bolalar ombudsmani buni qoralab, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadrlar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2011-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Paxtachi tumani “Qalqon-jasorat harbiy sport maktabi”ning 6-sinfida o‘qiydi. Sh.Sh.ning vasiylari J.S. va E.M. mazkur maktab o‘qituvchisi X.Sh.ni chaqirib, xulqi og‘irligi tufayli bolani Samarqand viloyati “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”ga olib borishni so‘ragan.

2024-yil 15-mart kuni maktab o‘qituvchisi Sh.X. voyaga yetmagan Sh.Sh. go‘yoki avtomashinadan tushib qochib ketmasin degan vaj bilan Damas’ning orqa o‘rindig‘ida g‘ayriqonuniy tarzda bola oyoqlarini temir zanjir bilan bog‘lab qo‘ygan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda voyaga yetmagan Sh.Sh.ga tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishi choralari ko‘rilmoqda.

“Bola qanday xulqda bo‘lishidan qat’i nazar, unga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy, noqonuniy chora ko‘rilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday chora bolaning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqiga ziddir”, — deyiladi bolalar ombudsmani munosabatida.

Qayd etilishicha, bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati yuzasidan bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »