Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Unga ko‘ra, 18—19-mart kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kunduzi 18-mart kuni va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda 19-mart kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 22 darajagacha, janubda 25-28 darajagacha iliq bo‘ladi.

20—22-mart kunlari mamlakat hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20—21-mart kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 20-martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 21—22-martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 20—21-martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi saqlanib turadi.

Toshkentda 18—19-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20—22-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 21-martda 15-17 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat: bugun va ertaga 19-22 daraja iliq; 20-martda 17-19 daraja iliq bo‘ladi; 21—22 martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »