Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

15-mart kuni Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Shvetsiya maxsus qo‘mitasi Afg‘onistondagi faoliyatini to‘liq to‘xtatganini maʼlum qildi. Bu haqda Etilaatroz nashri xabar berdi.

Arxiv foto: Middle East Monitor

Shvetsiya tomoni bergan maʼlumotga ko‘ra, bu qaror “Tolibon” harakati talabi bilan qabul qilingan. Tashkilot mutasaddilari shu qaror ortidan o‘z xodimlari xavfsizligini taʼminlashni maqsad qilgan. Endilikda tashkilot faoliyati mamlakatda nomaʼlum muddatga to‘xtaydi.

Oldinroq, “Tolibon” Shvetsiyada Qurʼon yoqilishi bilan bog‘liq holat ro‘y berishi ortidan Stokgolm bilan bog‘langan har qanday tashkilot faoliyati to‘xtatilishini maʼlum qilgan edi. Shvetsiya masʼullari musulmonlardan kechirim so‘ramaguncha ular faoliyati qayta tiklanmasligi aytilgan.

Shvetsiyaning Afg‘oniston bo‘yicha qo‘mitasi bosh kotibi Andreas Stefanssonning aytishicha, “Tolibon” buyrug‘idan so‘ng tashkilotga xalqaro yordam to‘xtagan. Shunga qaramay, Qo‘mita mahalliy va mintaqaviy yordam loyihalarini bir muncha amalga oshira olgan.

Maʼlumot o‘rnida, Shvetsiyaning Afg‘oniston bo‘yicha qo‘mitasi so‘nggi 40-yil davomida Afg‘onistonda faol bo‘lib, aholining nochor qatlamlari, jumladan, ayollar, bolalar va nogironlar uchun rivojlanish dasturlarini amalga oshirib kelgan. Ushbu tashkilotning Afg‘onistonning turli hududlarida 6000 dan ortiq xodimi borligini aytiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »