Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik senator Marko Rubio Birlashgan Millatlar Tashkiloti orqali Afg‘onistonga moliyaviy yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: UNHCR

Senatorning chaqirig‘iga “Tolibon” xalqaro yordamdan foydalanayotgani bo‘yicha xavotirlar sabab bo‘lgan. U insonparvarlik yordami “terrorchi guruhlar”ni kuchaytirish uchun ishlatilmasligi ta’minlanmaguncha, AQSH Afg‘onistonga yordam ajratishni to‘xtatishi kerakligini aytgan.

“Aniq bilmagunimizcha BMTga yordam berishdan voz kechishimiz kerak”, — degan Marko Rubio.

U Vashington pullarini “Tolibon” rejimini mustahkamlashga sarflamaslik kerakligini xulosa qilgan.

Avvalroq AQSH rasmiylari “Tolibon”ning xalqaro hamjamiyat, xususan, AQSHdan kelayotgan insonparvarlik yordamidan noto‘g‘ri foydalanayotganidan xavotir bildirgandi.

2023-yil AQSHning Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha maxsus inspektori Jon Sopko “Tolibon” yordamning katta qismidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanayotganini aytgandi. O‘shanda u AQSH senatiga sakkiz betlik hisobot taqdim etib, “Tolibon” AQSH pullaridan foyda ko‘rayotganini aytgan.

“‘Tolibon’ hukumati gumanitar tashkilotlariga o‘z odamlarini yollash uchun bosim o‘tkazmoqda va hatto loyihalarni amalga oshirish uchun hududlarni tanlashga aralashmoqda”, — degan Sopko.

Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha “SIGAR” tashkilotiga ko‘ra, AQSH so‘nggi ikki yilda “Tolibon” hukmronligi ostidagi Afg‘onistonga 11 milliard dollardan ortiq yordam ko‘rsatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »