Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Pyer “Tolibon” va Pokiston hukumati o‘rtasidagi kelishmovchilikni muloqot yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.

Foto: Getty Images

Pokiston 18-mart kuni Afg‘onistonning ikki viloyatida havo hujumlari uyushtirgan edi. Karin Jan-Pyer bu Pokistonning harbiy postlaridan biriga uyushtirilgan hujumga javoban amalga oshirilganini aytdi. 16-mart kuni Pokistonning Mir Ali shahrida amalga oshirilgan hujumda yetti nafar pokistonlik askar halok bo‘lgandi.

Oq uy matbuot kotibi Pokistonning Afg‘onistonga uyushtirgan hujumlarida tinch aholi qurbon bo‘lganidan afsusda ekanini aytib, “Tolibon” terrorchilik harakati Afg‘onistondan amalga oshirilmasligini taʼminlashi shart, dedi.

Shuningdek, u Pokistondan sabr-toqatli bo‘lishni va terrorizmga qarshi kurashda tinch aholiga zarar yetkazmaslikni so‘radi.

Har ikki tomon ham har qanday kelishmovchilikni muloqot orqali hal qilishini istaymiz, — dedi Karin Jan-Pyer.

U AQSH Afg‘oniston terrorchilar uchun xavfsiz boshpana bo‘lib qolmasligini ta’minlash tarafdoriligini bildirdi. AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Vedant Patel ham Pokistonning Afg‘onistonga havo hujumi haqida shunday bayonotlar berib, qurbonlarni minimallashtirish choralarini ko‘rish muhimligini aytdi.

Biroq u Pokistonni Amerikaning muhim va asosiy hamkori deb atadi hamda u bilan muntazam muloqotda ekanini aytdi.

Pokistonning Afg‘onistonga hujumi

Pokiston armiyasi 18-mart kuni ertalab Afg‘onistonning Paktika va Xost viloyatlaridagi chegara hududlarini bombardimon qildi. Hujumda “Pokiston Toliboni” nishonga olingani aytildi, biroq “Tolibon” sakkiz nafar ayol va bola halok bo‘lganini ma’lum qildi.

“Tolibon” Mudofaa vazirligi hujumlariga javoban Durand chizig‘i bo‘ylab Pokiston harbiy markazlariga hujum qilgan. Pokiston TIV mamlakatdagi hujumlarning asosiy nishoni Hofiz Gul Bahodur guruhiga aloqador “terrorchilar” ekanini aytdi.

Pokiston so‘nggi ikki yil ichida “Tolibon”ga Afg‘onistonda terror guruhlar, jumladan, “Pokiston Toliboni” borligidan xavotirlarini bir necha bor yetkazgan. Ushbu terrorchilar Pokiston xavfsizligiga jiddiy tahdiddir va Afg‘oniston hududidan doimiy ravishda Pokiston hududida teraktlar uyushtirish uchun foydalangan, — deyiladi Pokiston TIV bayonotida.

Shuningdek, vazirlik “Tolibon”dan Afg‘oniston Pokistonga qarshi terrorchilik bazasiga aylanishining oldini olish uchun aniq va samarali choralar ko‘rishni, “Pokiston Toliboni”ga xavfsiz boshpana bermaslikni so‘ragan.

“Tolibon” hokimiyati tepasida turgan ayrim elementlar “Pokiston Toliboni”ini faol qo‘llab-quvvatlab, ulardan Pokistonga qarshi foydalanadi, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »