Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 20—24-mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 20—22-mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam O‘rta Yer dengizi havosi kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20—21-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

20-martda respublikaning ko‘pchilik hududlarida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 19-24 daraja iliq atrofida, janubda 27-29 darajagacha iliq bo‘ladi.

21—22-mart kunlari harorat asta-sekin pasayadi, 22-mart kuniga kelib 10-15 darajagacha iliq bo‘ladi. 20—21-martda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

23—24-mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari salqinroq 5-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi va 17-20 daraja iliq, baʼzi joylarda 22 darajagacha iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 20—22-mart kunlari sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Toshkentda 20-martda kechga tomon va 21—22-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 20-mart kuni kunduzi 21-23 daraja iliq, 21-martda 15-17 daraja iliq, 22-martda 12-14 daraja iliq bo‘ladi. Harorat kechalari asosan 9-12 daraja iliq bo‘ladi. 23—24-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 6-8 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” 20—22-mart kunlari mamlakat hududiga nam havo kirib kelishi kutilayotganini avvalroq ma’lum qilgandi. Kuchli yomg‘ir sababli hududlarni suv bosishidan ogohlantirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »