Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ramazon oyi kirib kelganda kundalik ovqatlanish tartibidagi o‘zgarishlar organizm uchun kichik sinov bo‘lib, ba’zi insonlar ortiqcha ovqatlanish sababli vazn orttiradi. Garchi bu g‘alati tuyulsa-da, ko‘plab musulmonlar buni boshidan kechirishi haqiqat.

Ro‘za vaqtida semirishga nafaqat kaloriyali va yog‘li taomlar, balki uyqu rejimining o‘zgarishi va kamharakat bo‘lish kabi omillar ham sabab bo‘ladi. Bunday holatning oldini olish uchun nima qilish lozim? Bu haqda Harper’s Bazaar nashri o‘z tavsiyasini berdi.

Foto: Gulf News

Ovqatlanish tartibi

Diyetolog va nutritsiologlar ta’kidlashicha, ro‘zador insonlar qayta ishlangan mahsulotlar, qovurilgan, yog‘li, sho‘r, dudlangan taomlar va shirinliklardan voz kechishi yaxshiroqdir. Ularning o‘rniga tanani energiya, ozuqa moddalari va yetarli miqdorda suv bilan ta‘minlaydigan mahsulotlarni tanlash lozim.

Parhez mutaxassislari tavsiya etishicha, murakkab uglevodlar manbai sifatida donli mahsulotlar, mol go‘shti, tovuq, kurka, baliq, dukkaklilar va tofu kabi oqsilga boy mahsulotlar uzoq vaqtga organizmni to‘q tutadi va energiya beradi.

Avokado, yong‘oqlar, urug‘lar, zaytun moyi kabi foydali yog‘larni o‘z ichiga olgan mahsulotlar kun davomida holsizlikka chalinmaslikda yordam beradi.

Suvsizlanishning oldini olish uchun diyetologlar meva, sabzavotlarni taomnomaga kiritish hamda kerakli miqdorda suv ichishni maslahat beradi.

Jismoniy faollik

Foto: Gulf News

Ramazon oyida ortiqcha vazn to‘planishining oldini olish uchun sport bilan shug‘ullanishni to‘xtatmang. Asosiysi, badantarbiyadan voz kechmagan va umumiy charchoq darajasini hisobga olgan holda jismoniy faol bo‘lish lozim. Masalan, yengil yugurish, suzish, yoga kabilar yurakka og‘ir yuklama bermaydigan sport turlaridir.

Muhim jihat: jismoniy mashqlar og‘iz ochilgandan so‘ng saharlikka qadar bo‘lgan vaqtda bajarilishi kerak. Shu tarzda siz sog‘lom vaznni saqlab qolasiz va ro‘za tutishda qiyinchilikka duch kelmaysiz. Kun davomida esa shifokorlar ochiq havoda piyoda yurish kabi oddiy mashg‘ulotlarni bajarishni tavsiya qiladilar.

Uyqu

Ramazon oyida musulmon aholining ibodat qilish vaqti ko‘payadi va bu uyqu sifatiga ta’sir qiladi. Uyquga to‘ymaslik zararli taomlarga bo‘lgan ehtiyojni orttiradi. Shu sababli butun kunni reja bilan o‘tkazish, barcha ishlarga ulgurishda va sog‘lom hayot kechirishda muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »