Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Timoti Shalame AQSH kino prokatida eng yuqori o‘rinni egallagan va qisqa vaqt ichida butun jahon kino sanoatida katta daromadga ega bo‘lgan filmlarda suratga tushish orqali Jon Travoltaning rekordini yangiladi. Ushbu noodatiy rekordga IndieWire portali e’tibor qaratdi deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Foto: Dzen

Gap shundaki, Timoti Shalame bosh rolni o‘ynagan “Dyuna. Ikkinchi qism” (2024-yil, mart) va “Vonka” (2023-yil, noyabr) filmlari prokati butun dunyo bo‘ylab yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Rekordni hisoblashda bosh qahramoni bo‘lmagan Marvel olami filmlari istisno qilindi.

Avvalroq qisqa vaqt ichida ikkita filmda yuqori natijalarga erishish Jon Travoltega nasib qilgan. U “Shanba kechasidagi isitma” (1977-yil, dekabr) va “Briolin” (1978-yil, iyun) kabi filmlarda bosh rolni ijro etgan va ikkala asar ham o‘z davrining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biriga aylangan.

Foto: Dzen

Hozirda aktyor Timoti Shalame Bob Dilan haqidagi “Noma’lum inson” filmida suratga tushish ishlarida qatnashmoqda. Film rejissyori Jeyms Mengold avval “Ford Ferrariga qarshi” filmi bilan shuhrat qozongan edi.

“Vonka” bugungi kunda jahon prokatida 628 million dollardan ortiq, “Dyuna. Ikinchi qism” esa  ilk haftalarda 500 million dollardan ortiq daromad keltirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »