Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yangi suv ombori qurilmoqda. Obyekt To‘lebi tumanida 13 gektar maydonni egallaydi.

Illyustrativ foto: Depositphotos

Suv omborida million kub metr yomg‘ir va buloq suvi saqlanadi. Loyihaning amalga oshirilishi dolzarb muammoga – Kemekalgan qishloq okrugida sug‘orish suvi yetishmovchiligiga yechim topadi. Suv tanqisligi sharoitida ko‘plab qishloq aholisi hatto bog‘laridan voz kechishga majbur bo‘lgan.

“Loyiha ekspertizadan o‘tkazildi, million kub metr suv yig‘ish belgilangan. Bunday sharoitda qishda bu yerda ishlashning iloji yo‘q. Faqat erta bahordan kuzgacha ishlab bo‘ladi. Birinchi yili 4-5 oy ishladik, 200 millionli ish bajarildi. Endi qolgan summaga 2024-yilda ishlar olib boriladi”, — deydi pudratchi Abdiqodir Tashtayev.

Suv omborini qurish uchun byudjetdan bir milliard 123 million tenge (taxminan 2 million 493 ming dollar) ajratishga qaror qilingan.

Sun’iy suv ombori tufayli sug‘oriladigan yerlar qatoriga yana 360 gektar maydon qo‘shiladi. Fermerlar sug‘orish uchun qo‘shimcha manbaga ega bo‘ladi, hosildorlik oshadi.

“Yildan-yilga iqlim o‘zgarib turadi, suv kamaya boshlaydi. Bizda Qo‘shqar-ota kanali bor, dehqonlar sug‘orish uchun u yerdan suv oladi”, — deydi To‘labiy tumani qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik bo‘limi boshlig‘i Asxat Raimbekov.

Yangi suv ombori shunchaki muhandislik inshooti emas. Suv kelishi bilan qishloq aholisi yana kartoshka, piyoz, makkajo‘xori yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, tomorqa maydonini ko‘paytirish niyatida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »