Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH rasmiylari Ukrainani Rossiyaning energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda axborot manbalariga tayanib, Financial Times xabar berdi.

Foto: AP Photo

Vashington Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar tomonidan berilgan zarbalar neftning jahon narxlari oshishiga olib kelishi, shuningdek, Moskva tomonidan javob choralarini qo‘zg‘atishi mumkinligidan xavotirda.

Nashrga ko‘ra, Amerika bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasini bir necha bor ogohlantirgan. Ikkala bo‘linma ham urush boshlanganidan beri Rossiyaning quruqlikdagi, dengizdagi va havodagi nishonlariga zarba berish uchun o‘z dron dasturlarini doimiy ravishda kengaytirmoqda. Oq uy Ukraina dronlarining Rossiya g‘arbidagi neftni qayta ishlash zavodlari, terminallari, omborxonalariga qilgan hujumlaridan tobora norozi bo‘lmoqda.

Vashington Moskvaning davomli hujumlarga ehtimoliy javobidan ham xavotirda. Oq uyning fikricha, buning natijasida G‘arb tayanadigan energetika infratuzilmasi — masalan, Qozog‘iston nefti yetkazib beriladigan Kaspiy konsorsium quvuri zarar ko‘rishi mumkin.

Ukraina harbiy razvedkasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yildan beri Rossiyaning yirik neftni qayta ishlash zavodlariga kamida 12 ta (2024-yilda kamida to‘qqizta), shuningdek, bir nechta terminallar, omborlar va omborxonalarga hujum qilingan.

O‘tgan haftada Kiyev o‘zining eng yirik va keng tarqalgan ikkita dron hujumini amalga oshirdi, ular bir necha kun ketma-ket Rossiyaning yettita energetika obyektiga muvaffaqiyatli hujum qildi, — deb yozadi FT.

Ukraina maxsus xizmatlari, shuningdek, Qora dengizda Rossiya harbiy kemalariga qarshi harbiy-dengiz kuchlarining dron hujumlarini amalga oshirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »