Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

15-mart kuni Rossiya kuchlari Odessani raketalar bilan bombardimon qilgan, natijada o‘ndan ortiq odam, jumladan, bir feldsher va bir qutqaruvchi halok bo‘lgan. bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Foto: AFP

Mahalliy nashrlar maʼlum qilishicha, Rossiya havo kuchlari uy-joy binolari va avtomobillarga zarbalar bergan. Zarbalar oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 46 kishi jarohatlangan.

“Rossiyaning Odessadagi terrorchilik harakatlari o‘z hududidagi odamlar xavfsizligini kafolatlay olmayotgan bir paytda Ukraina tinch aholisiga qarshi kurashayotgan dushmanning ojizligidan dalolatdir”, — degan Kiyevdagi yuqori martabali hukumat amaldori Andrey Yermak.

Odessaga so‘nggi hujum haqida Rossiya tomoni hech qanday maʼlumot bermagan. Ukraina rasmiylari esa ehtimoliy hujumlar ssenariysi yana takrorlanishi mumkinligini inobatga olib, joylarda tayyorgarlikni kuchaytirgan.

Maʼlumot o‘rnida, 15-17-mart kunlari Rossiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu jarayonlar Ukrainaning qisman bosib olingan to‘rt viloyatida, shuningdek, anneksiya qilingan Qrimda ham o‘tkazilishi belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »