Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya askarlari Ukrainada maxsus operatsiya boshlaganidan beri 6 mingga yaqin xorijlik yollanma askarni yo‘q qilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Foto: “TASS”

Xabarda aytilishicha, 2022-yil 24-fevraldan buyon Ukrainaga kelgan xorijlik yollanma askarlarning umumiy soni 13387 nafarni tashkil etgan. Ulardan bugungi kunga qadar 5962 nafari harbiy operatsiyalar davomida yo‘q qilingan.

O‘ldirilgan xorijlik yollanma askarlarning mutlaq ko‘pchiligi Polshadan kelgani maʼlum qilingan. Shu paytga qadar Ukraina frontiga Polshadan 2960 nafar ko‘ngilli kelib qo‘shilgan, ulardan 1497 nafari yo‘q qilingan.

Shuningdek, urush davomida frontga

  • Gruziyadan 1042 nafar,
  • Qo‘shma Shtatlardan 1113 nafar,
  • Kanadadan 1005 nafar,
  • Buyuk Britaniyadan 822 nafar,
  • Ruminiyadan 784 nafar va
  • Germaniyadan 235 nafar yollanma askarlar kelib qo‘shilgan.

Rossiya kuchlari shu paytga qadar Gruziyadan kelgan 561 nafar, AQSHdan kelgan 491 nafar, Kanadadan buyurtma asosida kelgan 422 nafar, britaniyalik 360 nafar, Ruminiyadan kelgan 784 nafar va germaniyalik 88 nafar yollanma askarni yo‘q qilgan. Shuningdek, Rossiya idoralari Ukraina sharqiy frontida 356 nafar fransuz yollanma askarlari jamlanganini, ulardan 147 nafari yo‘q qilinganini maʼlum qilgan. Fransiya hukumati ushbu bayonotni rad etib, Ukraina urushida fransuz yollanma askarlari hech qanaqasiga ishtirok etmayotganini maʼlum qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy harakatlarda qatnashish uchun Ukrainaga kelgan barcha xorijiy yollanma askarlarni kuzatish va shaxsan qayd etishda davom etayotganini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »