Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevroparlament Yevropa Ittifoqining jinoiy kelib chiqqan aktivlarni musodara qilish bo‘yicha direktivasini ma’qulladi. Bu Rossiyaning Ukrainaga hujumi sababli muzlatilgan mablag‘laridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish imkonini beradi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: European Union

Hujjatga ko‘ra, Yevropa Komissiyasi musodara qilingan aktivlar va mol-mulkdan tovon to‘lash, qayta tiklash va xalqaro jinoyatlardan jabrlangan davlatlarga tovon to‘lash uchun foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi kerak.

Agar aktivlar Rossiyaning Ukrainaga hujumi yoki unga aloqador jinoyatlar bilan bog‘liq holda musodara qilingan bo‘lsa, ulardan olingan sof daromadlar Ukrainani tiklash uchun ishlatilishi kerak, — deyiladi rezolyutsiyada.

Kapitalning kelib chiqishini yanada samarali tekshirish uchun YIda faoliyat yurituvchi aktivlarni qayta tiklash bo‘yicha idoralarga katta vakolatlar beriladi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi endi musodara qilishning ikkita yangi turini joriy qiladi: ayblov hukmisiz musodara va kelib chiqishi noma’lum aktivlar musodarasi.

Yevroparlamentning aktivlarni musodara qilish masalasi bo‘yicha ma’ruzachisi Lorant Vinche yangi direktiva “xalqaro jinoiy tashkilotlar oladigan moliyaviy foydani maqsad qilganini” ta’kidlagan. 

Bu guruhlarning YIdagi daromadi 150 milliard yevroni tashkil etadi va bu aktivlarning atigi bir foizi musodara qilingan. Buning sababi,  YI huquq-tartibot idoralari pulning jinoiy kelib chiqishini tezda aniqlay olmagani va mamlakatlar o‘rtasida, hatto YI doirasida ham ma’lumot almashinuvi cheklangan edi, — qo‘shimcha qilgan Vinche.

Ma’ruzachiga ko‘ra, endi jinoyatchilar tomonidan musodara qilinmaslik uchun qo‘llanilayotgan qonunchilikdagi kamchiliklar “jinoiy faoliyat bilan bog‘liq kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish to‘g‘risida”gi band orqali bartaraf etiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »