Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi iyul oyida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foydadan 2-3 milliard yevroni Kiyevga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Financial Times xabar berdi.

Foto: Getty Images

Nashrga ko‘ra, Yevrokomissiya Rossiya aktivlaridan joriy yilning fevralidan keyin olingan foydani musodara qilish rejasini tayyorlagan. 2027-yilga kelib 20 milliard yevro foyda musodara qilinishi kutilmoqda. Agar YIning barcha davlatlari bu taklifni qo‘llab-quvvatlasa, birinchi transh iyul oyida Kiyevga yuboriladi. Bu haqda YI yetakchilarining mazkur haftada bo‘lib o‘tadigan sammitida rasmiy e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Yevrokomissiya taklif loyihasiga ko‘ra, Bryussel Belgiyaning Euroclear’dagi muzlatilgan rus aktivlaridan olingan sof foydaning 97 foizidan foydalanishni va ularni YI byudjetiga o‘tkazishni kutmoqda. Pul har chorakda yoki yiliga ikki marta to‘lanadi hamda turli kelishuvlarga muvofiq Ukraina manfaatlariga ishlatilishi mumkin.

Euroclear 3,85 milliard yevroga yaqin to‘plangan foydani, asosan, Rossiya bilan bo‘lgan sud ishlaridan kelib chiqadigan sud xarajatlarini qoplash uchun saqlab qoladi. Euroclear 2022-yilning fevralida Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri Rossiyaning 190 milliard yevroga yaqin aktivlarini muzlatib qo‘ygan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »