Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini tasdiqlab, uning doirasida 106 nafar jismoniy va 88 nafar yuridik shaxsga nisbatan cheklov choralarini kiritdi. Bu haqda YI bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Bayonotga ko‘ra, kengash Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlar uchun javobgar bo‘lgan yana 106 nafar jismoniy va 88 yuridik shaxsga nisbatan cheklov choralarini qo‘llashga qaror qilgan. Shu tariqa YIning Rossiya uchun qora ro‘yxatiga 2 mingdan ortiq shaxs va kompaniyalar kiritilgan. Barcha shaxslarning YI mamlakatlari hududiga kirishi taqiqlanadi, agar ularning aktivlari aniqlansa, muzlatiladi.

13-sanksiya paketining bir qismi sifatida Yevropa Ittifoqi quyidagilarni kiritdi:

  • Rossiya mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlayotgan Rossiya Federatsiyasi va boshqa yettita davlatning (Hindiston, Xitoy, Shri-Lanka, Serbiya, Qozog‘iston, Tailand, Turkiya) 27 kompaniyasiga nisbatan cheklov choralari;
  • dronlar va elektr transformatorlari uchun ehtiyot qismlarni Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berish bo‘yicha eksport cheklovlari;
  • KXDR mudofaa vaziri Kan Sun Namga nisbatan shaxsiy sanksiyalar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »