Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Shveysariya Federal prokuraturasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning buzilish holatlari bo‘yicha tergovni boshladi. Prokuratura tergov tafsilotlarini taqdim etishdan bosh tortdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Swissinfo

Shveysariya hukumati Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tish mumkin bo‘lgan 230 ta holatni aniqlaganini ma’lum qildi. 46 ta holat bo‘yicha maʼmuriy tergov ishi qo‘zg‘atildi, ikkita ish federal prokuraturalarga topshirildi. SECO (Shveysariyaning iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati) bu maʼlumotlarni tasdiqladi. Aniqlanishicha, ayrim holatlarda qoidalar qasddan emas, balki shunchaki e’tiborsizlik sabab buzilgan.

SECO 2022-yil 25-noyabr holatiga ko‘ra, mamlakatda 7,5 milliard Shveysariya franki (taxminan 8,5 milliard dollar) qiymatidagi moliyaviy aktivlar va 15 ta ko‘chmas mulk obyektlari muzlatib qo‘yilganini ma’lum qildi. Rossiya Markaziy bankining Shveysariyadagi zaxiralari va aktivlarining umumiy miqdori 7,4 milliard Shveysariya franki (7,9 milliard dollardan ortiq) deb baholanmoqda.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini ishlab chiqmoqda. Bloomberg’ga ko‘ra, u savdo cheklovlarini kuchaytirish, qora ro‘yxatlarni kengaytirish va Yevropadagi uchinchi davlatlar va kompaniyalar orqali sanksiyalar buzilishi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Financial Times’ning xabar berishicha, yangi cheklovlar Rossiya—Ukraina urushi boshlanganining 2 yilligi munosabati bilan 2024-yil 24-fevralda qabul qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »