Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Al-Hilol” hujumchisi Neymarning otasi uning oilasi zo‘rlashda ayblanib 4,5 yilga qamalgan Braziliya va “Barselona” terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alves uchun 1 million yevro miqdoridagi garov pulini to‘lamoqchi emas

Foto: Reuters

“Hammaga ma’lumki, uning ayblanayotgan jinoyati haqida o‘ylamasdan Dani Alvesga yordam berganmiz. Ispaniya sudlari allaqachon hukm chiqarib bo‘lgan va hozirgi vaziyatda odamlar turli taxminlar qilib, mening va o‘g‘limning ismini bizga bog‘liq bo‘lmagan masala bilan bog‘lashga harakat qilmoqda.

Umid qilamanki, Dani oilasi bilan birga izlagan barcha savollar javobini topadi. Biz uchun, mening oilam uchun bu masalada hammasi tugadi”, — deb yozdi Neymarning otasi ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda 1 million yevrolik garov evaziga Alves yakuniy hukm chiqqunga qadar qamoqdan ozod etilishi haqida xabar berilgan edi.

La Vanguardia nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi uchun garov puli to‘lanmagani bois u hamon qamoqda saqlanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »