• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Boshqalar bilan bir xil kitob o‘qisang, hammadek fikrlay boshlaysan”. Adabiyotdan ko‘ra jazzdan ilhomlanib ijod qilgan yapon yozuvchisi — Haruki Murakami iqrorlari

    Uzoq yillar davomida ismi Nobel mukofotiga nomzodlar orasidan o‘rin olingan, ammo turli sabablarga ko‘ra hay’at a’zolari tomonidan rad qilingan, kitoblari 50 dan ortiq tillarga o‘girilib, dunyo bo‘ylab milliondan ortiq nusxada sotilgan yapon yozuvchisi Haruki Murakami bugun — 12-yanvarda 73 yoshni qarshiladi. 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hech bir makon va jamiyatga tegishli emas...

    O‘zi haqida gapirishni xush ko‘rmaydigan, kamdan-kam hollarda intervyu berib, asarlarida qahramonlarning fe’l-atvoridan ko‘ra detallarni tasvirlashga ko‘proq e’tibor qaratadigan Haruki Murakami 1949-yili Yaponiyaning Kioto shahrida o‘qituvchilar oilasida dunyoga kelgan. Hayotining eng ajib yillari, ya’ni bolaligi Yaponiyadagi port shahar — Kobeda o‘tadi. U o‘shandayam tengqurlaridan Yevropa va Amerika adabiyoti, musiqasiga bo‘lgan qiziqishi bilan ajralib turgan.

    Hech bir makon va jamiyatga oid emasligini ta’kidlashdan charchamaydigan, o‘zigacha bo‘lgan yozuvchilardan mutlaqo boshqacha ijod qilishga intiladigan adib maktabni bitirgach Vaseda universitetining teatr san’ati bo‘limiga o‘qishga kiradi. Ammo darslar, umuman, o‘quv dargohidagi ta’lim tizimi bo‘lg‘usi ijodkorga tamoman zerikarli tuyuladi. O‘qishdan ko‘ngli qolgach, vaqtini universitet muzeyida turli ssenariylar o‘qish bilan o‘tkazadi. Bu esa unga keyinchalik asar yozishda asqatmay qolmaydi.

    Mustaqil fikr va qarashlariga ega Murakami talabalik yillari Vetnamdagi urushga qarshi namoyishlarda faol ishtirok etadi. Oila qurish vaqti kelganiga amin bo‘lgach, turmush o‘rtoq sifatida bolalikda ko‘ngil bergani Yoki Takaxasidan yaxshiroq nomzod yo‘qligiga takror ishonadi. Juftlik munosabatlarini 1971-yili muqaddas rishtalar bilan bog‘laydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Barda “tug‘ilgan” ilk asar

    O‘qishni tamomlagach, shaxsiy biznesini boshlash ishtiyoqi Murakamiga tinchlik bermaydi. Jazzga bo‘lgan qiziqishi esa 1974-yili Tokioda “Piter-Ket” nomli jazz-bar ochishga undaydi. Yetti yilga cho‘zilgan tadbirkorlik kunlarning birida — beysbol o‘yinini tomosha qilish asnosi kitob yozish fikri xayolga o‘rnashadi-yu, hammasi boshqa o’zanga buriladi. Aynan nega shu qarorga kelganini esa adibning o‘zi ham aniq tushuntirib berolmaydi.

    Ong-u shuurini chirmab olgan g‘oyani amalga oshirish, tinchlik bermayotgan o‘ylarni syujet asosida qog‘ozga tushirish uchun u har kuni qorong‘i tushishini intiqlik bilan kutaveradi. Chunki aynan tunda, ishlar yakuniga yetgach, bar eshigini ichkaridan qulflab olib, kechasi bilan qog‘oz qoralashga o‘tiradi. Jazz sadolari, zulmat va bardagi yolg‘izlikka cho‘kib, ijod ummoniga sho‘ng‘iydi va ilk asarini yozib tugatadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ijodiy parvoz

    Kunchiqar mamlakat yozuvchilaridan farqli o‘laroq g‘arbga xos ijodni ma’qul topgan va XX asr yapon adabiyotiga yangilik olib kirgan yozuvchining 1979-yili chop etilgan “Kalamushlar trilogiyasi”ning birinchi qismi — “Shamol qo‘shig‘ini tingla” kitobi “Gundzo sindzin-syo‘” nomli nufuzli mukofotga loyiq topiladi.

    Shundan keyin berilgan mukofotlari soni birin-ketin ko‘paya boshlaydi. Kitobi debyut asarlarga xos bo‘lmagan katta miqdor — 150 ming nusxada sotiladi. Shunga qaramay, yozuvchi sifatida o‘zidan qoniqmagan Haruki 1980-yili “Kalamushlar trilogiyasi”ning ikkinchi qismi “Pinbol 1973” nomli kitobi chop etilganidan keyingina barining litsenziyasini sotib yuborib, ijodga mukkasidan ketadi. 1982-yilda esa trilogiyaning uchinchi qismi “Qo‘y ovi”, 1988-yilda uning davomi “Dance, Dance, Dance”ni yozib tugatadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jismi G‘arbda-yu, ko‘ngli Sharqda

    Hayoti davomida sayohat qilishni kanda qilmay, turli mamlakatlarda yashagan ijodkor bir muddat AQShdagi Prinston universitetida stajyor-amaliyotchi bo‘lib ishlaydi. “Men shtatlarga deyarli besh yilga jo‘nab ketgach kutilmaganda Yaponiya va yaponlar haqida, ba’zida o‘tmish, u yerda sodir bo‘layotgan narsalar haqida yozish istagi paydo bo‘lgan. Masofadan turib mamlakating haqida yozish oson. Uzoqdan turib vatanni bor holicha ko‘rish mumkin. Qachonlardir men Yaponiya haqida emas, o‘zim va o‘z dunyom haqida yozishni istagandim”, — deydi u.

    1979-yildan 1989-yilgacha yozgan barcha ijod namunalari jamlanib, Yaponiyada 8 jildlik asarlar to‘plami chop etiladi. 1992-yili professorlik darajasini qo‘lga kiritgan Haruki keyinchalik Uilyam Govard Taft universitetida ma’ruzalar o‘qiydi. 2001-yil Yaponiyaga ko‘chib ketgan yozuvchining marafonli yugurish, musiqa, ayniqsa, jazzga ishtiyoqi baland. 2006-yili nufuzli Frans Kafka nomidagi mukofotga loyiq topilgan yozuvchi 2017-yili o‘quvchilariga “Komandorning qotilligi” nomli yangi asarini taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Uzuq-yuluq dialoglar ham uzukka ko‘z qo‘ygandek mos”

    Ijodining munosib e’tirof etilishi, dunyoning turli burchaklarida o‘quvchilari ko‘pligiga qaramay, o‘z yurtida uning asarlariga hammayam ijobiy baho beravermaydi. Harukining G‘arbda, aniqrog‘i, Amerikada yashab, yapon xalqi haqida yozishi, asarlarida g‘arbona unsurlar ufurib turishi ayrim yaponiyaliklarning g‘ashini keltirgan.

    Asarlarida yolg‘izlik, insoniylik va alohidalikka urg‘u beradigan Murakami qahramonlarini hamisha ortiqcha, o‘rni yo‘qdek his qiladigan, o‘zi hamda jamiyatdagilardan qochadigan shaxs sifatida tasvirlaydi. Shu bilan birga, ular tuyg‘ularini faqatgina pop-madaniyat, imo-ishoralar bilan ifoda etadi. Adabiyotshunoslar tomonidan asarlari musiqaga qiyoslanadigan muallif kitob yozishdan, adabiyotdan ham ko‘ra jazz ritmlaridan ko‘proq ta’sirlanishini ta’kidlaydi.

    Haruki Murakami muxlislari orasida oddiy maktab o‘quvchisidan tortib adabiyot shaydosigacha topiladi. Ammo oddiy o‘quvchi tajribali kitobxondan farqli o‘laroq, uning asarida jam g‘oyani anglashi biroz mushkul. Masalan, rus yozuvchisi Dmitriy Kovalenin Murakami asarlarining uslubi betakrorligi, hatto g‘ayritabiiy voqealar, uzuq-yuluq dialoglar ham syujetga uzukka ko‘z qo‘ygandek mosligini aytadi. “Norvegiya o‘rmoni”, “1Q84”, “Qo‘y ovi”, “Sohildagi Kafka”, “Rangpar Sukuru Tadzaki va uning safardagi yillari” kitoblari kitobxonlar qalbidan joy olgan. “Shamol qo‘shig‘ini tingla”, “Pinbol 1973” singari asarlari esa o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir:

    • “Qancha urinma, og‘ritganda og‘riydi”. Xaruki Murakamining “Norvegiya o‘rmoni” romani haqida
    • “Koinotdan odamlar qilayotgan barcha qabih ishlar ko‘rinadi”. Koinot haqida iqtiboslar

    12.01.2022, 17:20   Izoh (0)   35648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.