• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Qashshoqlik inqilobga, inqilob esa qashshoqlikka yetaklaydi”. Asarlarida sevgi shahri – Parijdagi hayotning asl yuzini fosh etgan romantizm kuychisi Viktor Gyugo hikmatlari

    Nafaqat fransuz adibi, balki siyosiy arbob sifatida ham mashhur Viktor Gyugo romantizmga suyanib, betakror asarlar yaratgan ijodkor sifatida tarixda qolgan. “Daryo” jamiyatdagi tengsizlik va adolatsizliklarga qarshilik qilishdan to‘xtamagan, kitoblari o‘nlab tillarga tarjima qilingan yozuvchining hayot va ijodiga nazar tashlaydi.

    Foto: “24smi.org”

    Zaif tanaga jo bo‘lgan buyuk iste’dod

    XIX asrning boshi Fransiyada eski tartib va mutlaq monarxiya toptalayotgan davr — 1802-yil 26-fevralida Napoleon armiyasi kapitani Leopold Sijisbert Gyugo oilasida tug‘ilgan uchinchi farzand kun kelib dunyo adabiyotiga mislsiz hissa qo‘shadigan yozuvchi bo‘lishini o‘shanda hech kim tasavvur etolmasdi. Go‘dak Viktorning shunchalik zaif va kichikligidan onasi: “Oshxona pichog‘idan sal kattaroq bo‘lgan”, — deya o‘g‘liga ta’rif beradi. O‘ziga to‘q oila o‘sha davr uchun yaxshigina hashamat hisoblangan uch qavatli uyda yashardi.

    Viktor Gyugoning bolaligi

    Viktor Gyugoning bolaligi
    Foto: “24smi.org”

    Napoleonning ashaddiy tarafdori bo‘lgan otaning respublika armiyasi ofitserligidan generallikkacha ko‘tarilishi yosh Viktor taqdirida muhim rol o‘ynaydi. Xizmat safarlari sabab butun oila Italiya, Ispaniya, Marselga ko‘chib yurishi bo‘lajak adibning yozilajak asarlariga xomashyo bo‘ladi.

    1813-yili ayrim kelishmovchiliklar ortidan ota-onasi ajrashishga qaror qiladi. Kenjatoy Gyugo onasi bilan birga Parijga ko‘chib o‘tadi. Onasining siyosiy qarashlari otasinikiga zid ekani Gyugoga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi, keyinroq Viktor onasi kabi monarxiyaga oid siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Erta zabt etilgan yuqori marralar

    Musavvirlikka qiziqqan, yozuvchilikka ixlos qo‘ygan, qolaversa, musiqaga ham befarq bo‘lmagan Viktor Gyugoni chinakamiga ijod olami odami deyish mumkin. 8 yoshidan turli suratlar chizgan bolakay 14 yoshida romantizmning ilk namoyandasi Fransua Shatobrian bilan tanishadi va uning muxlisiga aylanadi. Bolaligidayoq qasida va she’rlar qoralab, o‘lmas asarlar yaratgan adib kitoblar bilan har doimgidan ham yaqinroq do‘st tutinadi. Aksar hollarda maktab teatrlarida namoyish qilinadigan spektakllar ham uning muallifligida bo‘lar, u esa ijod qilishdan to‘xtamasdi.

    Viktor Gyugoning yoshligi

    Viktor Gyugoning yoshligi
    Foto: “24smi.org”

    Shunchaki qog‘oz qoralash bilan cheklanmagan Gyugo ijodi namunalarini jurnallarga yuborishdan tashqari, tanlovlarda ham ishtirok etib turadi. Adabiy tanlovlarning birida ilm-fanning naqadar muhimligini o‘zida mujassam etgan ijod namunasi bilan ishtirok etadi. Xuddi kattalardek fikrlaydigan va fan haqida bunchalik qayg‘urib fikr bildirgan Gyugoning 15 yoshdaligiga hay’at raislaridan ayrimlari hatto shubhalanadi.

    Bolasining kelajagidan astoydil qayg‘urgan ota uni aniq fanlar ortidan ketishini va shu asnoda kasb tanlashini istaydi. Ammo Viktor bilganidan qolmay, ta’limni politexnikaga ixtisoslashtirilgan o‘quv dargohda davom ettiradi. O‘g‘lining o‘zboshimchaligidan g‘azablangan ota esa moliyaviy ko‘makni yig‘ishtiradi-qo‘yadi.

    Viktor Gyugoning 1853-yildagi surati

    Viktor Gyugoning 1853-yildagi surati
    Foto: “24smi.org”

    Ammo Gyugoga quyosh boshqa tomondan kulib boqadi. Yosh yozuvchining Burbonlar sulolasini madh etib yozgan qasidasi fransuz amaldorlarining e’tiboriga tushadi va u mukofot puli bilan siylanadi. Uning hayoti bilan yaqindan tanishgan o‘quvchi Gyugo juda erta tajriba orttirgani va muayyan natijaga uning tengqurlari shataloq otib yurgan vaqtda erishganidan xabar topadi. Noshirlik faoliyatini 17 yoshida boshlagani, akasi Abel bilan birgalikda jurnal chiqargani esa bunga yaqqol misol. 1822-yilda klassizm uslubida yozilgan “Qasida va turli she’rlar” nomli ilk she’riy to‘plami esa uni adabiyot olamida tan olishlariga sabab bo‘ladi.

    Viktor Gyugo va Adel Fushe

    Baxtga kafil bo‘lolmagan turmush

    Navqironligida burjuaziya vakillaridan bo‘lgan Adel Fushega oshiq bo‘lgan yozuvchi 1822-yili munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlaydi. Juftlik turmushi davomida 5 farzandning ota-onasiga aylanadilar. Ammo rafiqasi uning iste’dodiga yetarlicha baho bermasligi, bironta asari bilan tanishmagani yetmagandek, uning yaqin do‘sti Sent-Beva bilan don olishib, buni yashirishga urinadi. Ehtimol, qadrlanmagani yoki bizga noma’lum sabablar tufayli keyinroq aktrisa bo‘lish payida yurgan Juletta ismli qiz bilan uchrashib yuradi, ammo u bilan ham munosabatlari uzoqqa bormaydi.

    Viktor Gyugo va Juletta

    Viktor Gyugo va Juletta
    Foto: “24smi.org”

    Tashqaridan qaraganda orzu qilish mumkin bo‘lgan hamma narsa: iste’dod, pul, kazo-kazo do‘stlari bo‘lganiga qaramay, Gyugo jigarbandlarini baxtli hayot bilan ta’minlay olmaydi. Qizi Leopoldina 19 yoshida hayotdan ko‘z yumadi. Opasining o‘limidan larzaga tushgan, sevgi bobida omadi chopmagan kenja qizi Adel esa aqldan ozib, hayotining so‘nggi kunlarini ruhiy kasalliklar shifoxonasida o‘tkazadi. O‘g‘illari Sharl va Fransua-Viktor ham uzoq yashashmaydi — 45 yoshida vafot etadi.

    Yozuvchi va dramaturg sifatida allaqachon tanilib ulgurgan Viktorning siyosiy faoliyati 1840-yillarda boshlanadi. 1841-yilda Fransuz akademiyasining nazariga tushib, Fransiyadagi oliy dvoryanlarga beriladigan “per” darajasi bilan siylanadi. 1851-yili davlat to‘ntarishiga qarshi chiqqani uchun Fransiyani tark etishga majbur bo‘ladi. Mamlakatga oradan deyarli 20 yil o‘tib qaytadi. Bir necha yil o‘tib esa senator sifatida faoliyat yuritadi.

    Viktor Gyugoning dafn marosimi

    Viktor Gyugoning dafn marosimi
    Foto: “24smi.org”

    Yozuvchi 1885-yil bahorda pnevmoniyadan vafot etadi. Uning hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabar Fransiya bo‘ylab shamol tezligida tarqaladi, millionlab odamlar o‘lmas asarlar muallifining dafn marosimida ishtirok etish uchun mamlakatning turli burchaklaridan yetib kelishadi.

    Asrlarga tatigulik ijod namunalari

    O‘sha davrda ijod qilgan romantizm namoyondalaridan farqli ravishda Gyugoning kitoblarida ijtimoiy va siyosiy jihatlar yashiringandi. Parij sevgi shahri deb sanalishiga qaramay, fransuz jamiyati notengliklar sabab qabohatga botib borardi. Bunga befarq bo‘lmagan Gyugo inson axloq va odobni qadrlashni o‘rgansagina muammolar barham topishiga ishonadi. Ayrim ijod namunalari turli bahs va hatto mashmashalarga sabab bo‘lganiga qaramay, o‘z uslubiga ega adib hamisha kitobxonlar tomonidan ardoqlanadi.

    U adabiyotga “Intiqom”, “Qahrli yil”, “Sharq ohanglari”, “Shuur”, “Asrlar afsonasi” nomli she’riy to‘plamlar, “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi”, “Kulayotgan odam”, “Dengiz zahmatkashlari”, “Klod Gyo” kabi asarlarni taqdim etadi. “Xo‘rlanganlar” romanini yozish uchun esa naq 20 yil sarflaydi. “Pakana Napoleon”, “Bir jinoyat tarixi” romanlarida oddiy aholining qiyinchiliklarga boy turmushiga urg‘u beradi.

    1829-yilda yozilgan “Mahkumning so‘nggi kuni” asari Alber Kamyu, Charlz Dikkens va Dostoyevskiy kabi yozuvchilar uchun ilhom manbayi bo‘ladi. Bundan tashqari, hayoti davomida teatrlar uchun ham dramalar qoralab turadi. “Ernani”, “Kromvel”, “Qirol ishrati” va “Ruyu Bliz” nomli pyesalari Parij teatrlarida sahnalashtirib, tomoshabinlar va san’at ixlosmandlarining qalbidan joy oladi.

    Adibning “Dengiz zahmatkashlari”, “Xo‘rlanganlar”ning “Kozeta” va “Gavrosh” bo‘limlari (1952, 1955), “Byug Jargal” (1982) Qodir Mirmuhamedov, Nurbek, E.Obidov tomonidan o‘zbekcha tarjimada nashr etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir:

    • “Notre-Dame de Paris” – moziyning bugungi namoyishi. Fransuz adabiyotining durdonasi haqida
    • “Adabiyot mening ma’shuqam, tabobat esa rafiqamdir”. Asarlari singari qisqa, ammo mazmunli umr kechirgan rus adibi Anton Chexov saboqlari
    • “Odamlar ko‘ngli tusaganidek ish tutishi uchun ularga mantiqning keragi yo‘q, bahona bo‘lsa bas”. Asli shifokor-u, biroq adabiyotdan halovat topgan ingliz yozuvchisi Somerset Moem haqiqatlari
    • “Boshqalar bilan bir xil kitob o‘qisang, hammadek fikrlay boshlaysan”. Adabiyotdan ko‘ra jazzdan ilhomlanib ijod qilgan yapon yozuvchisi — Haruki Murakami iqrorlari

    16.03.2022, 21:10   Izoh (0)   60691
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.