• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    “Har tomonlama o‘sishimga va mamlakat rivojiga sabab bo‘luvchi taklif tushsa, Toshkentdan turib ishlashga rozi bo‘laman” — 8 yildan buyon Amerikada yashab, institut laboratoriyasida ishlayotgan Green Card sohibasi bilan suhbat

    Har kim o‘z kelajagini yorqin qurish maqsadida ma’lum yo‘llarni bosib o‘tadi. O‘zini turli sohalarda sinab, ma’qul yo‘ldan yura boshlaydi. Biroq oldindan mo‘ljallanmagan, natijasi noma’lum — tavakkalga asoslangan tanlovlar ham bo‘ladiki, tasavvurdayam bo‘lmagan kelajak tomon yetaklaydi.

    Bunga AQSH hukumati tomonidan har yili ajratiladigan “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” dasturi bo‘yicha yutuq yaqqol misol bo‘la oladi.

    Green Card lotereyasida g‘olib bo‘lgan 50 ming nafar fuqaroga doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar taqdim etiladi. Viza miqdori AQSHga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq belgilanadi.

    1997-yilda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida dunyoga kelgan Nigina Ortiqovaning oilasi 2015-yilda Green Card lotereyasida yutuqqa erishib, AQSHga ketadi.

    O‘sha vaqtda ingliz tilini deyarli bilmagan Nigina birinchi o‘rinda til o‘rganish vazifasini oldiga qo‘yadi. Uning uddasidan chiqib, hozirda AQSHdagi ikki oliygohda o‘qib, ulardan birida ish faoliyatini ham olib borayotgan Nigina bugun “Qanotsiz parvoz” loyihasining navbatdagi qahramoniga aylandi.

    U bilan Amerika hayoti va ko‘pchilikning nazdida omadli kelajak tuhfa etuvchi ushbu lotereya bugungi qahramonimizning kelasi faoliyatiga qanday ta’sir qilgani haqida gaplashamiz.

    Amerikaga kelganimizda ingliz tilini deyarli bilmasdim. Keyinchalik til o‘rganib, top ayollar universitetiga qabul qilingan olti nafar talabadan biriga aylandim

    Oilada beshta qiz farzandmiz. Ota-onam ilm olishga, kitobxonlik hamda sportga qiziqtirish uchun yoshligimizdan turli usullarni qo‘llashardi. Kun tartibimizdan kitob o‘qish, shashka-shaxmat o‘ynash va har xil to‘garak soatlari joy olardi.

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Samarqandda faqat boshlang‘ich va o‘rta ta’limlarni olganman. Kollejda ikkinchi kursgacha o‘qib, keyin oilaviy AQSHga immigratsiya qilinganmiz.

    O‘shanda men ingliz tilini deyarli bilmasdim. Shu sababli 2 yil qayta o‘qishga majbur bo‘lganman — High school’ni 10-sinfdan 12-sinfgacha o‘qib, keyin Nyu-York shahridagi 2 yillik Community College’ga o‘qishga kirganman.

    Ushbu kollej o‘quvchilarida ikki xil — diplom olib, ishga kirish hamda o‘qishni davom ettirish uchun boshqa universitetlarga o‘tkazilish tanlovi bo‘ladi.
    Men Community College’dan keyin Amerikada top ayollar universitetlaridan sanalmish Wellesley universitetiga kirishni maqsad qilganman. Biroq bu murakkabroq masala edi. Raqobat kuchli bo‘lgan. Masalan, men o‘qishga kirgan yilim atigi 6 ta “transfer” (ko‘chirma) talaba qabul qilingandi.
    Hozirda AQSHning Wellesley hamda Massachusets texnologiyalar institutida 3-bosqich talabasiman. U yerda Xalqaro politika va Axborot texnologiyalari yo‘nalishlarini tanlaganman.

    Yoshligimda diplomat bo‘lishni orzu qilardim. Ularning tartibli kiyinishi hamda turli davlatlarda bo‘lishi menda sohaga qiziqish uyg‘otgan.

    Xorij universitetlarida tanlov fanlar mavjud bo‘lib, o‘quvchi qiziqishlaridan kelib chiqib, ma’lum fanlardan bilim olish imkoniga ega.

    Men bir-ikkita siyosiy fanlarni tanlaganman. Dars jarayonida olib boriladigan muhokama-yu muzokaralar menga juda yoqardi. Kelajakdagi faoliyatimni siyosatda ko‘rmasam-da, undan doimiy xabardor bo‘lish, shu sohada ilm olish menga kuch beradi.

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Odatda universitet talabalari o‘qish davrida malakasini oshirish uchun turli kompaniyalarga vaqtinchalik ishga joylashadi.

    Men ham o‘qishning birinchi yilidan, eng avvalo, malaka oshirish, so‘ng o‘z portfoliomni boyitish hamda qaysi sohada talantli ekanimni aniqlash maqsadida harxil kompaniya va ilmiy ishlarda faoliyat ko‘rsataman.
    Har biridan yetarlicha ko‘nikmalar olaman. O‘ylaymanki, o‘qishni tamomlagach, ega bo‘lgan tajribalarim asosiy ishimda menga qo‘l keladi.

    Menga doimiy o‘rganishni talab qilib, jadallik bilan o‘sib boradigan, ishlash murakkab bo‘lgan faoliyat turlari yoqadi

    Massachusets texnologiyalar institutining media laboratoriyasida ilmiy assistentman. MIT zamonaviy texnologiya va startaplarga boy universitet bo‘lgani uchun, kichik startaplar bilan ishlaydigan xodimlarni ishga olishga doim tayyor.

    Mening media laboratoriyasidagi vazifam — prodakt menejerlar bilan birga startap va IT-mahsulotlarni bugungi kun talabiga javob bera olishini tekshirib, mijozlarga yetkazishda ko‘maklashishdan iborat.

    Faoliyatimning qiyin, shu bilan birga, yutuqli tarafi — Amerikada ishchi xodimlarga katta talablar qo‘yiladi. O‘z ustingizda doimiy ishlashingiz, yangiliklarni ko‘p va tez o‘rganishingiz shart.

    Ayniqsa, texnologiyalar dunyosida har kuni yangi ishlab chiqarilayotgan innovatsiyalar bo‘yicha bilimingizni oshirib bormasangiz, qisqa muddatda soha rivojidan ortda qolib ketishingiz mumkin.

    Bu oson emas, albatta. Biroq menga aynan shunday, jadallik bilan o‘sib boradigan sohada ishlash yoqadi. Kelasi yozda esa Harvard universitetida ilmiy ish yordamchisi bo‘lib ishlash rejamda bor.

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Amerikada ishga kirish yoki vaqtinchalik amaliyot o‘tash joylarida ishlash uchun eng kamida 3 ta intervyu bosqichlaridan o‘tish talab etiladi.

    Hozirda kompaniyalarga rezyume bilan onlayn murojaat qilish ham mumkin. Ish beruvchiga ma’qul bo‘lsa, intervyuga chaqiradi. Unda sohangizga qarab turli savollar beriladi. Men ish joylarimning barchasiga uch bosqichli intervyulardan o‘tib, kirganman.

    O‘qish, ish va kundalik hayotda birdek faol bo‘lish biroz qiyin va stresslarga boy

    Albatta, ish va hayot balansini ushlash juda qiyin, ba’zan stresslarga boy masala. Har bir vaziyatda mening eng katta yordamchim — muddatlarga mo‘ljallangan rejimimni to‘g‘ri belgilash hamda ibodatdir.

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Ko‘p yillik tadqiqotlar kreativ yondashuv ayollarda kuchliroq bo‘lishini isbotlaydi

    Prodakt menejmentdagi asosiy vazifa — har xil sohalarga tayangan holda muammolarga tanqidiy va ijodiy yondashuv bilan yechim topishdir. Bu sohada ayollarning o‘rni juda katta, deb hisoblayman.

    Yillab qilingan tadqiqotlar shuni isbotlaganki, ayollarda ijodiy yondashuv nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Shu sababli ham so‘nggi vaqtlarda AQSH kompaniyalari bu yo‘nalishda ko‘proq ayollarni ishga olishga harakat qiladi.

    Amerika hayoti menga o‘zining mustaqilligi va har kimning millati, dini, irqi va boshqa sifatlariga qaramasdan, teng imkoniyatlar berishi bilan juda yoqqan.
    Avvaliga bu jamiyatga moslashish qiyin bo‘lgan, chunki o‘shanda biz barcha do‘st-u qadrdonlarni tashlab, tili, madaniyati begona bo‘lgan joyga kelgandik.

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Agar har tomonlama o‘sishimga va mamlakat rivojiga sabab bo‘luvchi taklif tushsa, Toshkentdan turib ishlashga ham rozi bo‘laman

    So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ham startaplar dunyosi va texnologiyalar rivojlanib bormoqda. Demak, tez orada mamlakatda prodakt menejerlarga talab ortadi.

    Agar har tomonlama o‘sishimga va mamlakat rivojiga sabab bo‘luvchi taklif tushsa, Toshkentdan turib ishlashga ham rozi bo‘laman.

    Kuzatuvlarimga ko‘ra, innovatsion rivojlanishda ishlaydigan mutaxassislar bizda yetarlicha qadrlanmaydi. Ko‘plab startaplar o‘z kompaniyalariga investitsiyalarni tashqaridan izlashga harakat qiladi.
    O‘ylashimcha, davlat budjetida Innovatsion texnologiyalarga investitsiya kiritadigan qism bo‘lishi kerak. Balki shu yo‘l bilan yangi ixtirochilar kelib chiqishini ta’minlash mumkindir.
    Ixtirolar va faoliyat doirasidagi ijobiy musobaqalar, eng avvalo, kadrlarning mutaxassis sifatida o‘sishiga, keyin soha rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Asosiy maqsadlarimdan biri — yetarlicha malakaga ega bo‘lib, Google yoki Facebook kompaniyalarida prodakt menejer bo‘lib ishlash. Bu maqsadni 5 yil ichida bajarishim kerak bo‘lgan rejalar qatoriga kiritganman.

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nigina Ortiqovaning shaxsiy arxividan

    Statistik ma’lumotlar shuni isbotlaydiki, ayollar liderlik qilgan kompaniyalar boshqalariga qaraganda tezroq rivoj topadi. Insonlar qanday jins vakili ekanidan qat’iy nazar, bir xil imkoniyatga ega bo‘lishi, mehnatiga yarasha taqdirlanishi kerak. Shunday yo‘l tutgan millatgina yetuklikka intilishga haqli.

    30.05.2022, 14:23   Izoh (0)   48324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.