• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Tilimizni bilamizmi: sumalak, halim, sayil, somsa – bu so‘zlarning asl maʼnosi nima?

    Yurtimizda Navro‘z. Maʼnosi “yangi kun” bo‘lgan ushbu bayram chindan-da yangilanish, yasharish ayyomi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun Navro‘z va bahor bilan bog‘liq baʼzi so‘zlarning kelib chiqishi, maʼno-mazmuni haqida so‘z yuritadi.

    Sumalakmi, sermalak?

    Undirib yanchilgan bug‘­­­doy, un va yog‘ aralashmasidan tayyorlanadigan, vitaminlarga boy, xush­xo‘r holvaytarsimon bu taomning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bir nechta rivoyatlar bor. Ana shu rivoyatlar taʼsirida baʼzan sumalak so‘zining kelib chiqishini si malak – o‘ttiz malak, sermalak – ko‘p malak kabi so‘zlarga bog‘lashadi. Lekin bu xato. Bundan o‘n besh yilar burun O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjondan bu so‘z turkiycha ekani, “Devonu lug‘otit turk”da suma so‘zi bug‘doy deb taʼriflangani, sumalak so‘mali, yaʼni bug‘doyli ovqat maʼnosini anglatishini eshitib, hayron qolgandim. Keyin manbalarni o‘rganib, bunga o‘zim ham amin bo‘ldim, olim va tadqiqotchilarning fikrlari ham ayni maʼlumotni tasdiqladi: sumalak sumaliq so‘zining o‘zgargan shakli.

    Sumalak
    Foto: “Daryo”

    Mahmud Koshg‘ariy suma so‘zini ivitilgan bug‘doy deb izohlaydi va sharbat uchun qilingan, undirilgan arpaga ham shu so‘z qo‘llanishini aytadi. Sumalakga ivitib undirilgan bug‘doy ishlatilishini hisobga olsak, sumalak aynan suma so‘zidan yasalgani oydinlashadi.

    Qadimgi turkiy tilda -liq qo‘shimchasi bilan boshqa taomlar nomi ham yasalgan. Yodingizda bo‘lsa, shashlik so‘zi sishliq – shishliq – shashlik shaklida o‘zgargani haqida ham aytgan edik.

    Sumalak forscha samanu, sumanak so‘zidan hosil bo‘lgan degan qarash ham bor.

    Halim yumshoqligi uchun “halim”mi?

    Halim – suvga bug‘doy yormasi va go‘sht solib, uzoq qaynatib pishiriladigan quyuq ovqat. Halim so‘zi kishiga qattiq botmaydigan, muloyim, yoqimli kabi maʼnolarga ega. Masalan, yumshoq muomalali kishini halim kishi deymiz. Biroq taomning nomi bu so‘zdan kelib chiqmagan. Uning shakldoshi bor – arabchadan o‘zlashgan, asliyatda yopishqoq, yelim­­shak degan maʼnoni anglatadi. Halim ham shunaqa tabiatga ega: ko‘p qaynaganidan hil-hil, yopishqoq bo‘lib qoladi. Taom nomi ana shu so‘zdan hosil bo‘lgan.

    Vaqt o‘tib, halimning nomi ko‘chma maʼno kasb etgan va yumshoq degan mazmunni anglata boshlagan:

    Vohid­larning qishlog‘ida boshqa yerlarda juda kam uchraydigan halim va shirin olma bor. (O. Yoqubov, “Tilla uzuk”).

    “Sayil” va “sayr”ning asli bir

    Sayil arabcha sayr, yaʼni piyoda yurish so‘zidan kelib chiqqan. O‘zbek tiliga tovush o‘zgarishi bilan o‘tgan va maʼnosi ham o‘zgargan. Bu so‘zning tovush o‘zgarishisiz, aynan o‘tgan shakli sayrning maʼnosi boshqa. U osuda yerlarda, xiyobon va ko‘chalarda aylanib yurish, tomosha qilish, orom olishni anglatadi. Sayr osuda joylarda kezishni anglatsa, sayilda gavjumlik mazmuni bor. U o‘zbekchada bahorda o‘tkaziladi­gan katta xalq sayr-tomoshalarini, sayr-tomosha maqsadida aylanib, ke­zib yurishni anglatadi.

    Foto: “Daryo”

    Odatda bayramlarda, jumladan, Navro‘zda katta xalq sayillari o‘tkaziladi. Lekin sayillar faqat bayramlarga bog‘liq emas. Masalan, qovun say­li qovunxo‘rlik va sayr-tomosha maqsadi­da ko‘p­­­chilik bo‘lib dalaga – qovun poliz­iga chiqishdir. Lolalar ochilganda tog‘ yoki qirlarga ko‘plashib chiqish lola sayli bo‘ladi.

    Doshqozon, toshqozon emas

    Doshqozon so‘zini eshitganda toshqozon shakli ham xayolga keladi. Masalan, Toshhovuz o‘g‘uzcha shevada Doshovuzga aylanadi. Lekin doshqozonning tarjimayi holi boshqacha, u toshqozonga aloqador emas. Toshqozon degan so‘zning o‘zi yo‘q, axir toshdan qozon qilinmaydi-ku.

    Foto: “Daryo”

    Dosh so‘zi forschadan o‘zlashgan bo‘lib, asliyatda katta o‘choq; xumdon maʼnosini anglatadi. Demak, doshqozon – katta o‘choqqa joy bo‘ladigan qozon. O‘zbekchada dosh so‘zining o‘zi ham qozon, doshqozon maʼnosida ishlatiladi. Lekin kam qo‘llanadi, asosan badiiy adabiyotda uchraydi.

    Doshqozon katta yig‘inlarda, to‘y va maʼrakalarda ko‘pchilikka ovqat pi­shi­riladigan katta qozondir. Sumalak va halim asosan doshqozonda pishiriladi.

    Qaldirg‘och bilan ko‘rshapalak qarindoshmi?

    Qaldirg‘och – qanoti ingichka va uzun, juda tez uchadi­gan, qora-ola qush. Uni bahor elchisi deya taʼriflashadi.

    Qaldirg‘och so‘zi “Devonu lug‘otit-turk”da qarg‘ilach shaklida berilgan bo‘lib, qarlig‘ach deb talaffuz qilish ham uchrab turishi aytilgan. Demak, keyinchalik so‘zning mana shu talaffuzi ustunlik qilgan va o‘zbekchada qaldirg‘ochga aylangan.

    “Qadimgi turkiy tillar lug‘ati”da qarg‘ilach so‘zining ko‘rshapalak degan maʼnosi ham borligi aytiladi. Lekin boshqa manbalarda bunday maʼlumot uchramadi.

    Qushga nega bunday ism berilgani haqida turli fikrlar bor. Ulardan biriga ko‘ra, qaran va qush so‘zlari birikishidan qaranqush – qora qush hosil bo‘lgan. Qaldirg‘ochning ustki patlari qora bo‘lgani uchun shunday nom berilgan bo‘lishi mumkin.

    Darveshona – bahorgi tozalov

    Darveshona so‘zi forschadan kirgan, darveshga o‘xshab, darveshlarcha degan maʼnoni anglatadi. Bahor faslida, ayniqsa, Navro‘z arafasida qish­loqlar va baʼzan shahar mahallalarida aholidan to‘plangan pul yoki oziq-ovqat hisobiga o‘tkaziladigan xayriya marosimi shunday ataladi. Ehson asosida o‘tkazilgani uchun ham darveshona nomi berilgan.

    Bunda mahallalar, guzarlar, ko‘chalar, qabristonlar, ariqlar hashar qilib tozalanadi. Hashardan so‘ng katta-kichikka dasturxon yoziladi.

    Bu so‘z shevalarda turlicha talaffuz qilinadi. Masalan, Farg‘onada darishana shaklida qo‘llanadi.

    Somsa – tishning “o‘pichi”

    Somsa – yoyilgan xamirga go‘sht, qovoq va shu kabilar solib tugib, odatda tandirga yopib yoki duxovkada pishiri­ladigan yegulik. Bahorda ayniqsa ko‘k somsa ko‘p pishiriladi. Bu taom deyarli butun Osiyo, Arabiston yarimoroli, O‘rta dengiz atrofi, Shimoliy va Janubiy Afrikada mashhur. Yevropa va Amerika qitʼasida ham ushbu somsa begona emas.

    Foto: “Daryo”

    Bir taxminga ko‘ra, somsa so‘zi forscha sanbo‘sag so‘ziga borib taqaladi. Bu so‘zning maʼnosini baʼzilar katta, ajoyib, ulkan desa, ayrimlar u uchburchak maʼnosini beradi degan fikrda. O‘zbek tilining etimologik lug‘atiga ko‘ra esa, tish maʼnosidagi senn va o‘pich maʼnosidagi bo‘se so‘zlaridan hosil bo‘lgan. So‘zma-so‘z tarjimasi tisho‘par. Tovush o‘zgarishi natijasida sanbo‘sa, sambo‘sa shakli yuzaga kelgan.

    Bu so‘z dunyo tillarida turli talaffuz variantlarida uchraydi. Masalan, forschada sanbuse, panjob tilida smosa, hindchada samo‘sa, urduchada samusa, arabchada sambusak yoki sambusa, bengal tilida singara, ibroniy tilida sambusak, somali tilida sambuusa, tojikchada sambo‘sa, birma tilida shemuza, portugal tilida shamusa, inglizchada samosa. Turkiy tillarda somsa yoki samsa shakli ishlatiladi.

    22.03.2023, 00:08   Izoh (1)   14949
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. eraliboltaboevich89@gmail.com / 22.03.2023, 04:35

      Тилимини деган сўз бўлмаса керак ўзбек луғатида, балки тилимизни бўлар, мақола сарлавҳасидан ўзбек тилини билмайдиган одам ёзгани маълум бўлди.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.