• Profilga Kirish
  • 4992fdfd-8954-4c05-b6e3-f510f81a73b5.svg f28f9d5b-7461-4f14-8ebe-571256959e43.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • test
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • Mahalliy (O‘zb)
      • Ob-havo
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy
      Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
        • Qoraqalpog‘iston
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Real”da sovrin yutish bo‘yicha rekord va boshqa ulkan raqamlar. Karim Benzemaning “Real”dagi faoliyati haqida

    “Real” hujumchisi Karim Benzema Madrid klubini tark etishi ma’lum bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi ispan klubida 2009-yildan beri o‘ynab kelayotgandi. Quyida bu vaqt ichida jamoa afsonasiga aylanishga ulgurgan hujumchining “qaymoqranglilar” safidagi faoliyati raqamlarda keltirilgan.

    Karim Benzema “Real” tarkibida 25 ta sovrin qo‘lga kiritgan va bu bo‘yicha rekordchi hisoblanadi (Madrid klubi sobiq futbolchisi Marselo ham jamoa tarkibida shuncha kubok yutgan). Gol urish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turgan Karim 353 ta to‘p kiritgan. “Qirollik klubi”da faqatgina Krishtianu Ronaldu undan ko‘proq gol (450) urgan. Golli uzatmalar bo‘yicha esa Benzema tengsiz hisoblanadi — 166 ta assist.

    Fransiyalik futbolchi “qaymoqranglilar” safida 647 ta o‘yin o‘tkazgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan faqatgina Serxio Ramos (671), Manuel Sanchis (710), Iker Kasilyas (725) va Raul (741) ko‘proq o‘yinda maydonga tushgan.

    Bu hali hammasi emas. Quyida Karim Benzema erishgan muhim va qimmatli yutuqlar keltirilgan.

    • Chempionlar Ligasi tarixida to‘rtinchi raqamli to‘purar (90 ta gol). Faqatgina Robert Levandovski (91), Lionel Messi (129) va Krishtianu Ronaldu (140) undan ko‘proq gol urgan.
    • La Liga tarixida to‘rtinchi raqamli to‘purar (237 ta gol). Fransiyalik futbolchilar orasida esa eng yaxshi natija.
    • Chempionlar Ligasi 2021/22-yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi va to‘purari (15 ta gol).
    • La Liga 2021/22-yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purari (27 ta gol).
    Foto: Getty Images
    • Fransiyada to‘rt karra yilning eng yaxshi futbolchisi (2011, 2012, 2014, 2021).
    • La Ligada ikki karra mavsumning eng yaxshi futbolchisi (2019/20, 2021/22).
    • “Real Madrid”ning to‘rt karra mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi (2015/16, 2018/19, 2019/20, 2021/22).
    • Qatorasiga 11 mavsumdan beri kamida 20 ta gol urib kelayotgan “Real” tarixidagi yagona futbolchi.
    • “El-Klasiko” tarixidagi eng tezkor gol (21-soniya) va “Real” tarixidagi eng tezkor het-trik (7 daqiqa ichida) muallifi.

    “Real” futbolchi bilan shunday xayrlashdi: “Klub afsonalaridan biri. U tariximizning oltin yillarida asosiy o‘yinchi bo‘lgan. Benzemaning ‘Real Madrid’dagi faoliyati klubimiz qadriyatlarini ifodalovchi xatti-harakatlar va professionallik namunasi edi. Karim o‘z kelajagini hal qilish huquqiga ega edi. Madridliklar va butun dunyo muxlislari uning sehrli va betakror futbolidan bahramand bo‘ldi”.

    Foto: Getty Images

    “U buyuk futbolchi. Krishtianu ketganidan keyin bir qadam oldinga tashladi va o‘zini jamoa uchun kerakli futbolchidek his qilishni boshladi”, — deya Benzemani maqtagandi Luish Figu 2020-yilning iyul oyida.

    Zinedin Zidan Benzemani tarixdagi eng yaxshi fransiyalik hujumchisi deb atagandi, “Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi Rio Ferdinand esa Karimning o‘yini jamoa ritmini o‘zgartirishi haqida gapirgandi. Maqtovlar orasida “Real”ning azaliy raqibi bo‘lgan “Barselona” himoyachisi Karles Puyolning fikrlarini ham uchratish mumkin. “Benzema butun jamoani o‘z ortidan ergashtiradigan fenomen”, — degandi Karles.

    “U total hujumchi va menga Alfredo di Stefanoni eslatadi. Karim vaziyatlar yaratadi, ajoyib gollar uradi va maydonda o‘zini yetakchi sifatida ko'rsatadi. Anchelotti uchun Benzema asosiy futbolchi hisoblanadi”, — deya uni “Real” afsonasiga qiyoslagandi Fabio Kapello.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Karim Benzemaga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan kelishuvga erishgan. Arab klubi Benzema bilan “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolashi haqida xabar berilmoqda.

    05.06.2023, 18:39   Izoh (0)   5334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Korzinka’dan BYD Song Plus: keng ko‘lamli aksiyada qatnashing, elektromobil minib keting


    Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi


    Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda


    Jizzax shahrida Jizzakh ADM hududida Koreyaning DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi


     Mobiuz kompaniyasi “Xotirjam” tarif rejalarini taqdim etdi


     Endilikda Payme orqali davlat namunasidagi ma’lumotnomalarni olish mumkin


     Asakabank “Mastercard bilan Venetsiyaga” aksiyasini boshladi


    Bolalarning nevrologik kasalliklarini to‘g‘ri davolash yo‘llarini izlash


    “Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Daler singlisiga kartadagi pulni o‘g‘irlikdan saqlashga qanday yordam berdi


    Kia’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi — Kia Seltos Kia sohiblarini Kia Go shiori ostida o‘tkaziladigan sport-ko‘ngilochar tadbirda ishtirok etishlari uchun chorladi!


    Toshkentdagi Central Park’da Huggies bolalar brendining ona va bola xonasi ochildi


    Uzbekinvest kompaniyasi 2023-yilda elektron polislarni joriy etish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi


    Toshkentda yana bir yirik loyiha – Shoshkent turar joy majmuasining sotuv ofisi o‘z faoliyatini boshladi


    “Agrobank” tomonidan “Suvchilar maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi


    Shivaki Frigo Cool — mahsulotlaringizning kafolatli saqlanishi!

     

    Tavsiya etamiz

    Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari

    06.06.2023, 22:25

    O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...

    06.06.2023, 16:27

    “Morg”ga aylantirilgan maktab, chopon kiyib olgan Rafet El Roman, metro zinasida uxlayotganlar — 5-iyun suratlari

    05.06.2023, 22:45

    “Barchamiz uchun jiddiy signal bo‘ldi” — qashqadaryolik yetti bloger o‘z faoliyatini tugatdi

    05.06.2023, 17:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oltin yigitcha” Oskar de la Hoya ishtirokidagi eng yaxshi 5 ta jang

    Sport | 14.09.2023, 17:42

    To‘qimachilik fabrikalari, qullar savdosi va yelkanli kemalar. “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari logotipidagi kema ramzining tarixi

    Sport | 02.07.2023, 22:51

    “Mutlaqo o‘xshamaydi”: pop qiroli Maykl Jeksonning 26 yoshli o‘g‘li qanday ko‘rinishga ega va hozir nimalar bilan band? (foto)

    Shou-biznes | 19.06.2023, 19:30

    Qondosh dublyorlar:Filmlarda o‘z egizagi bilan ishtirok etuvchi turk aktyorlari (foto)

    Shou-biznes | 18.06.2023, 12:40

    Shaffof poshnali poyabzal, sho‘ng‘ishga mo‘ljallangan kostyum: Maykl Jekson, Brando va boshqa mashhurlar ixtiro qilgan buyumlar (foto)

    Shou-biznes | 14.06.2023, 19:40

    Filmning 1 qismi uchun yuqori gonorar, shaxsiy avtouy: Turk aktyorlarining aqlbovar qilmaydigan talablari

    Shou-biznes | 12.06.2023, 13:37

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    Sport | 10.06.2023, 17:40

    Shirinliklarga qaramlikdan kelib chiquvchi 4 ta xavotirli alomatlar

    Salomatlik | 09.06.2023, 19:30

    Tom Xenks o‘zi ishtirokidagi ba’zi filmlarni yomon ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 09.06.2023, 10:29

    Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 08.06.2023, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • test
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.