Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xonanda Munisa Rizayeva AQSh safaridan qaytgan kuniyoq Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida “Bobo” qo‘shig‘iga ishlangan klip premyerasini o‘tkazdi. Xonanda “Daryo” jamoasiga ham tilla tuxumcha ichidagi noodatiy taklifnoma yubordi. Ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurib, xonandani yangi ijod mahsuli bilan qutlashdi.

Xonanda premyeraning dress kodi tilla rangda bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi. Shunga monand mehmonxonaning maxsus yo‘lagi ham tilla rangga burkangan. Tilla rangli ulkan tuxum esa barcha mehmonlarning eʼtiborini tortdi.

Foto: “Daryo”

— “Bobo” qo‘shig‘i asli folkor janrga mansub bo‘lib, uzoq yillik tarixga ega. Uni kuylash taklifini berishganda, menga maʼqul bo‘ldi. Klip g‘oyasi ustida ancha ishlandi. Uni yaratishda katta jamoa mehnat qildi. 

Foto: “Daryo”

 

Qo‘shiqni o‘zbek, rus va tojik tillarida ijro etdik. Yaqin orada Tojikistonga gostrol safarini uyushtirmoqchimiz. “Bobo”ning tojik tilidagi varianti ham o‘sha yerdagi muxlislar uchun ajoyib tuhfa bo‘ladi, deb hisoblayman, — deydi xonanda.

Foto: “Daryo”

Xonanda taqdimotda shunchaki klip namoyishini o‘tkazmadi. Premyeradan so‘ng qo‘shiqni ijro etib, bir guruh raqs ustalari bilan birga raqsga tushdi.

Foto: “Daryo”

Munisa Rizayeva faqatgina shu sovg‘a bilan kifoyalangani yo‘q. U tuxum shaklidagi ulkan tort bilan barcha mehmonlarni siyladi.

Foto: “Daryo”

— Munisa Rizayeva bilan 12 yil avval bir filmda suratga tushganmiz. Har doim orginallikka intiladigan ijodkor. Dizayner bo‘lganim uchun avval liboslariga eʼtibor beraman. Hamisha noodatiylikka intiladi, — deydi aktrisa Shahzoda Muhammedova.

Foto: “Daryo”

— Dugonamning g‘ayratiga tan berish kerak. Qo‘shiq ham xuddi u uchun yozilgandek bo‘libdi. Yoshlarga maʼqul keladi. Klip esa orginal, ancha-muncha inson mehnat qilgani ko‘rinib turibdi, — deydi komik aktrisa Shahlo Zoirova.

Yorqinxo‘ja Umarovning taxminiga ko‘ra, klip uchun 20 000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflangan. Chunki klipda malakali grafika ustalari mehnatidan keng foydalanilgan. 

Yulduzli taqdimot qanday o‘tganini bilishni istasangiz, “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga kirib, maxsus reportajni tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »