Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Yangiobod ko‘p tarmoqli naslchilik chorva kompleksi 9-mart kuni umumiy qiymati 634 million 200 ming so‘m bo‘lgan 9 ta tender o‘tkazdi. Ularda jami 2 ming gektarga yaqin yerga har turli usulda ishlov berish xizmatlari, shuningdek, makkajo‘xori poyasini kombaynda o‘rish ishlari o‘ynaldi.

Skrin: “etender.uzex.uz”

E’tiborli jihati, 9 ta tenderning barchasi uchun bor-yo‘g‘i ikkitagina korxona qiziqish bildirdi:

  • “Alisher Madad MMTP”;
  • “Baxt Usmonobod” MCHJlar.
Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

Tenderlarning har bir yakuniy bayonnomasi, komissiya a’zolarining xulosalari bir xil: barchasida “Baxt Usmonobod” (100 ball) g‘olib deb topilgan. “Alisher Madad MMTP” esa 82 ball bilan zaxira bajaruvchi qilib ko‘rsatilgan.

Tender ishtirokchilarining rahbariyati bilan qiziqdik. Natijada bu ikki korxona boshqaruvchilari o‘zaro affillangan ekani aniqlandi. Ya’ni:

Skrin: Statistika agentligi

“Baxt Usmonobod” MCHJning rahbari va yagona ta’sischisi Yusupova Dildorabonu Muxtor qizi hisoblanadi. U bir vaqtning o‘zida boshqa bir MCHJ — “Kogon Shirmoy Non” korxonasining ham rahbari hisoblanadi.

Skrin: Statistika agentligi

Bu MCHJning ta’sischilari orasida Saidov Alisher Muzaffarovich ismi bor. Bu tadbirkor esa tenderda Dildorabonu Yusupovaga “raqobat taklif etib”, yutqazgan “Alisher Madad MMTP”ning rahbari hisoblanadi. 

Skrin: Statistika agentligi

Ammo hay’at komissiyasi bu holatni e’tiborsiz qoldirib, bir ovozdan tenderni ma’qullagan. Hamma rozi.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 42-moddasiga ko‘ra, ishtirokchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarsa, shuningdek, affillanganlik hollari aniqlansa, tenderdan chetlatilishi yozilgan.

Mas’ullardan ushbu shubhali tender natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli chora ko‘rishni so‘raymiz

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »