Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

6-mart kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish uchun o‘tkazgan tender yakunlandi. Lot ma’lumotlariga ko‘ra, g‘olib ikkita ko‘rsatkich bo‘yicha jami 5200 ta buyumga tozalash xizmatini ko‘rsatishi kerak.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Boshlang‘ich narxi 55 million 200 ming so‘m bo‘lgan tenderda ikkita MCHJ ishtirok etdi. Bular: 

  • The Best Group Bussnis;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi.

Shu joyida taxmin qilib ko‘ring-chi, tenderni qaysi tadbirkorlik subyekti yutgan ekan?

Bekgraund

Buyurtmachi va raqobatchilarning rahbariyati bilan tanishsak. Eng avval tenderni o‘tkazayotgan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi. Bu muassasa 100 foiz Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli. Rahbari — Ahmedov Saidaziz Po‘latovich.

Skrin: Statistika agentligi

Endi. Tender qatnashchisi bo‘lgan The Best Group Bussnis MCHJning yagona ta’sischisi va rahbari Jongirov Ma’ruf Toshqulovich. Bu yerda hammasi joyida.

Skrin: Statistika agentligi

Gap uning raqobatchisida. Chunki Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining ochiq ma’lumotlariga qarasak, uning ham 100 foiz ulushi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli ekanini ko‘rish mumkin.

Skrin: Statistika agentligi

Kontekst

Xarid komissiyasi bayonnomasi hayratlanarli natijalarni taqdim etmadi. Komissiya a’zolari 97 ga 92 baholari bilan tender g‘olibligini TTA ko‘p tarmoqli klinikasiga berib yuborgan. Shartnoma summasi — 50 million so‘m.

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

Ya’ni SSVga tegishli muassasa ochiq tender o‘tkazyapti — va unda SSVga tegishli boshqa bir MCHJ g‘olib bo‘lyapti. Klassika.

Bu tender qanchalik adolatli? “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun normalariga mos keladimi? Mas’ullardan izoh kutib qolamiz.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »