Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

9-mart kuni Suv ta’minoti unitar korxonasi (Suv xo‘jaligi vazirligi)ning Toshkent shahar va viloyati hududiy boshqarmasi o‘tkazgan naqd 85 ta tender natijalari e’lon qilindi. Ushbu lotlarning umumiy boshlang‘ich qiymati — 127 million 500 ming so‘m.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Tenderdan maqsad bir qator obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish (shuningdek, yana bir nechta xizmatlar) uchun konsalting tashkilot tanlash edi. Shu 85 ta tenderning barchasida bor-yo‘g‘i 2 donagina tadbirkorlik subyekti ishtirok etdi (tag‘in ular ham juda shubhali):

  • Toshkent viloyati Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi;
  • Sirdaryo viloyati Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi.
Xarid loti ma’lumotnomasi
Skrin: “etender.uzex.uz”

Nomlar juda o‘xshash, shunday emasmi? Ochiq ma’lumotlar bu holat tasodif emasligini ko‘rsatmoqda — bu muassasalarning ikkisi ham Qurilish vazirligiga qarashli. Ya’ni bular bir-biriga hech qanday raqobat taklif qilolmaydi, tenderda manfaatlar to‘qnashuvi mavjud.

Skrin: Statistika agentligi
Skrin: Statistika agentligi

Bir davlat tashkiloti 85 ta tender o‘tkazadi, unda negadir faqat ikkita korxona qatnashadi, qizig‘i, ularning ikkisi ham davlatga tegishli.

Ushbu xarid lotlarini Toshkent viloyatidagi konsalting markazi yutib oldi (100 ga 85). 4 nafar komissiya a’zosi esa hech bir noroziliksiz tenderni tasdiqlab bergan.

Mas’ullardan ushbu shubhali tender natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘raymiz.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »