Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifini Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagani haqida xabar berilgandi. Prezident ziyoratda O‘zbekiston xalqi haqqiga duo qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Ilohim yurtimizga, tinchlik-osoyishtaligimizga ko‘z tegmasin. Qo‘shnilarimiz bilan birodarchiligimiz, bordi-keldilarimiz bardavom bo‘lsin. Alloh xalqimizdan o‘z marhamatini ayamasin”, — deb duo qilgan Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng prezident Ramazon oyida imomlar kam ta’minlanganlarga iftorlik qilib berishini tavsiya qilgan. Davlat rahbari musulmonning og‘irini yengil qilish ham qarz, ham farz ekanini eslatdi.

“Imomlar taklif etilgan joyga boradi. O‘ttiz kunlik Ramazon oyida viloyat imomi eng og‘ir mahallaga borib, kam ta’minlanganlarni taklif qilib, mana, hokimlar yordam beradi, bir qo‘y so‘yib, iftorlikni o‘sha yerda o‘tkazsa, duo-fotiha qilsa, bilasizlarmi, qanday tarixiy voqea bo‘ladi?  Bir musulmonning og‘irini yengil qilish — bizga ham qarz, ham farz”, — dedi prezident.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »